Cherskiy tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cherskiy tizmasi (Cherskiy togʻ zanjiri) — RFning shim.sharqidagi togʻlar (Saxa Respublikasi va Magadan viloyati). Shim.gʻarbdan sharqjan.sharqqa 1600 km choʻzilgan. Cherskiy tizmasining gʻarbiy qismida Xadaranya tizmasi (eng baland joyi 2185 m), TasXayaxtax (2356 m), Chemalginskiy (2547 m), Kurunda (1919 m), Dogdo (2272 m), Chibagalaxskiy (2449 m), Borong (2681 m), Silyapskiy (2703 m) tizmalari joylashgan; Indigirka daryosi havzasi va Kolimaning bosh tomonida UlaxanChistay tizmasi (eng baland joyi Gʻalaba togʻi — 3147 m) va Cherge tizmasi (2332 m) bor.

CH.t. mezozoy burmalanishida hosil boʻlgan va paleozoyning kuchli dislokatsiyaga uchragan va metamorfozlashgan karbonat jinslaridan, chekkalari esa dengiz va quruqlik yotqiziqlaridan tuzilgan, koʻpgina joylarda bu jinslarni qalin granit intruziyalari va boshqa magmatik nordon jinslar yorib chiqqan. Cherskiy tizmasi oʻrtacha balandlikdagi togʻlardir. Umumiy maydoni 157 km²ga yakin boʻlgan 350 dan ziyod muzlik bor.

Iqlimi qattiq sovuq, keskin kontinental. Yanv.ning oʻrtacha trasi — 34°dan — 40°gacha (pastliklarda — 55°, —60°). Yozi qisqa va salqin. Iyulning oʻrtacha trasi 3°dan (baland togʻlarda) 12°—13° gacha. Yillik yogʻin 300 dan 600–700 mm gacha. Toʻngib yotgan yerlar bor. Dare vodiysida terak, shim. yon bagʻrida tilogʻoch oʻsadi. Hududining koʻp qismi baland togʻ mintaqasi oʻsimliklari bilan qoplangan; choʻqqilari sovuq toshloq togʻ choʻlidan iborat. Foydali qazilmalardan oltin, qalay, toshkoʻmir konlari bor. Cherskiy tizmasirus geologi va geografi, Sharqiy Sibirning tadqiqotchisi I.D. Cherskiy nomi bilan atalgan.