Chernogoriya ayollar futbol ligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chernogoriya ayollar futbol ligasi
Davlat Montenegro bayrogʻi Chernogoriya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-darajali
Tashkil etilgan 2008-yil (FSCG kubogi sifatida); 2011-yilda (hozirgi koʻrinishda)
Jamoalar soni 5 ta
Ichki kuboklar Chernogoriya ayollar kubogi
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi
Amaldagi chempion ŽFK Breznica (7-marta)
Eng koʻp marta chempion ŽFK Breznica (7 marta)
Veb-sayt Federation
Amaldagi oʻyin 2022-yilgi mavsum Chernogoriya ayollar futbol ligasi

Chernogoriya ayollar futbol ligasi (qisqartma holda 1. ŽFL nomi bilan ham tanilgan) — Chernogoriya ayollar futbolining eng yuqori darajadagi ligasi. Chernogoriya ayollar futbol ligasi Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil qilingan.

Chernogoriya ayollar futbol ligasining gʻolib jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqiga ega.

Ayollar futboli boʻyicha Chernogoriyadagi birinchi milliy musobaqa 2008-2009-yilgi mavsumda oʻtkazilgan, ammo Chernogoriya ayollar futbol ligasi oʻzining ilk mavsumini 2011-2012-yillarda oʻtkazgan[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernogoriya ayollar futboli tarixi Chernogoriya mustaqilligi referendumi qabul qilinganidan keyingi davrda boshlangan. Birinchi ayollar klubi 2005-yilda tashkil etilgani bilan bir qatorda, ayollar futboli boʻyicha milliy musobaqalar oradan 3 yill oʻtib boshlandi. 2008-yilda Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi milliy ayollar terma jamoasini va birinchi ayollar musobaqasi, FSCG Trophy (FSCG kubogi) deb nomlangan turnirni tashkil etdi[2]. 2008-2009-yilgi birinchi Chernogoriya ayollar futbol ligasi mavsumida FSCG kubogi oʻyinlari 60 daqiqa davom etdi, yetti martagacha zaxiradan maydonga oʻyinchi tushirishga ruxsat berildi. 2011-2012-yilgi mavsumdan boshlab Chernogoriya ayollar futbol ligasi tashkil etildi (1. ŽFL).

FSCG kubogi (2008-2011)[tahrir | manbasini tahrirlash]

FSCG kubogi Chernogoriyadagi ayollar oʻrtasidagi ilk musobaqa boʻlib uch mavsum davom etdi. Aslida 60 daqiqa davom etgan bellashuvlar Chernogoriya ayollar futboli birinchi ligasini tashkil etishga tayyorgarlik edi. FSCG kubogining dastlabki ikki mavsumida(2008-2009, 2009-2010) Podgoritsadan ŽFK Palma jamoasi[3][4] chempion boʻldi (jamoa 2016-2017-yilgi mavsumdan ŽFK Budućnost Podgorica[5] nomi bilan oʻynaydi). 2010-2011-yilgi mavsumda Niksich sharidan ŽFK Ekonomist jamoasi gʻolib boʻldi[6]. FSCG kubogining birinchi mavsumida atigi toʻrtta klub ishtirok etgan boʻlsa, 2010-2011-yilgi mavsumgacha musobaqada oltita jamoa ishtirokchi sifatida ishtirok etdi..

Chernogoriya ayollar futbol ligasi (2011-hozirga qadar)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernogoriya ayollar ligasining dastlabki oʻyinlari (1. ŽFL) 2011-yilning kuzida boshlangan. Chernogoriya ayollar futbol ligasi birinchi mavsumida anʼanaviy futbol qoidalarga ega boʻlgan yangi musobaqada (90 daqiqalik oʻyinl, 3 marta zahiradan maydonga oʻyinchi tushirish) Chernogoriyaning barcha uchta mintaqasidan (shimoliy, markaziy va janubiy) ishtirokchilar bor edi. 2011-yildan 2015-yilgacha boʻlgan davrda Chernogoriya ayollar futbol ligasida eng muvaffaqiyatli jamoa ŽFK Ekonomist edi. Ular ketma-ket toʻrtta chempionlikni qoʻlga kiritishdi, asosan mavsumlarni bironta ham magʻlubiyatsiz yakunladilar[7][8]. ŽFK Ekonomist muvaffaqiyatlari 2015-2016-yilgi mavsumda yakunlandi. Bu yilgi mavsumda Chernogoriya ayollar futbol ligasining gʻolibi Plyevlyalik ŽFK Breznica jamoasiboʻldi. Bu ŽFK Breznica jamoasi ustunligi davrining boshlanishi edi. jamoa Chernogoriyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan 2019-2020-yilgi mavsumni ham oʻz ichiga olgan holda ketma-ket oltita chempionlikni qoʻlga kiritishdi[9]. 2020-2021-yilgi Chernogoriya ayollar futbol ligasi mavsumi eng qizgʻin chempionlik poygasi bilan esda qoldi: ŽFK Breznitsa jamoasi ŽFK Budućnost jamaosi ustidan bitta gol koʻproq farq evaziga gʻalaba qozondi.

Chempionlar va eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernogoriya ayollar futbol ligasi chempion jamoalari roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Turnir nomi Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
2008-2009 FSCG Trophy Budućnost Podgorica Ekonomist Nikšić Pristan Bar
2009-2010 FSCG Trophy Budućnost Podgorica Ekonomist Nikšić Pristan Bar
2010-2011 FSCG Trophy Ekonomist Nikšić Sport Uno Bijelo Polje Pristan Bar
2011-2012 1. ŽFL Ekonomist Nikšić Budućnost Podgorica Pristan Bar
2012-2013 1. ŽFL Ekonomist Nikšić Podgorica Sport Uno Bijelo Polje
2013-2014 1. ŽFL Ekonomist Nikšić Breznica Pljevlja Podgorica
2014-2015 1. ŽFL Ekonomist Nikšić Breznica Pljevlja Podgorica
2015-2016 1. ŽFL Breznica Pljevlja Ekonomist Nikšić Obilić Herceg Novi
2016-2017[10] 1. ŽFL Breznica Pljevlja Ekonomist Nikšić Mladost Podgorica
2017-2018[11] 1. ŽFL Breznica Pljevlja Ekonomist Nikšić Mladost Podgorica
2018-209[12] 1. ŽFL Breznica Pljevlja Budućnost Podgorica Ekonomist Nikšić
2019-2020[13] 1. ŽFL Breznica Pljevlja Budućnost Podgorica Ekonomist Nikšić
2020-2021 1. ŽFL Breznica Pljevlja Budućnost Podgorica Ekonomist Nikšić

Chempion jamoalar reytingi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyting Klub Chempionlik Ikkinchi oʻrin chempion boʻlgan mavsumlar
1 ŽFK Breznica Pljevlja
6
2
2015-2016, 2016-2017, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020, 2020-2021
2 ŽFK Ekonomist Nikšić
5
5
2010-2011, 2011-2012, 2012-2013, 2013-2014, 2014-2015
3 ŽFK Budućnost Podgorica
2
4
2008-2009, 2009-2010
4 ŽFK Sport Uno Bijelo Polje
-
1
5 ŽFK Podgorica
-
1

Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati (mavsumlar kesimida)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Eng yaxshi toʻpruar(lar) Klub Gollar soni
2015-2016 Chernogoriya Tamara Bojat
Serbiya Marijana Jankov
Breznica 21[14]
2016-2017[15] Chernogoriya Tamara Bojat Breznica 24
2017-2018[16] Serbiya Marijana Jankov Breznica 14[17]
2018-209[18] Chernogoriya Anđela Tošković Budućnost 30
2019-2020[19] Chernogoriya Jelena Vujadinović Breznica 35
2020-2021 Chernogoriya Anđela Tošković Budućnost 32

Jamoalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamma vaqtdagi Chernogoriya ayollar futbol ligasi jamoalari (2008-)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chernogoriya Ayollar Ligasi tashkil etilganidan beri 16 ta turli klublar ishtirok etishdi. Quyida Birinchi ligadagi mavsumlar soni va umumiy oʻyinlar, gʻalabalar, duranglar va magʻlubiyatlar bilan ishtirokchilar roʻyxati keltirilgan.

Jamoa Joylashgan shahar Oʻtkazgan mavsumlar soni Ilk mavsumi Soʻnggi mavsumi Oʻtkazgan oʻyinlar soni Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Toʻplagan umumiy

ochkosi

Ekonomist Nikšić
13
2008-09
2020-21
163
121
9
33
372
Breznica Pljevlja
8
2013-14
2020-21
119
98
11
10
305
Budućnost Podgoritsa
8
2008-09
2020-21
84
68
4
12
208
Podgorica Podgoritsa
3
2012-13
2014-15
42
32
2
20
98
Mladost Podgoritsa
6
2015-16
2020-21
87
24
7
46
79
Obilić Herceg Novi
4
2014-15
2019-20
63
24
6
33
78
Pristan Bar
7
2009-10
2015-16
67
24
4
39
76
Sport Uno Bijelo Polje
5
2008-09
2012-13
41
17
6
18
57
Cvetex Berane
7
2013-14
2020-21
110
14
8
88
50
Sjeverna Zvijezda Bijelo Polje
3
2013-14
2015-16
30
7
4
19
25
Lovćen Cetinje
2
2015-16
2016-17
38
6
2
30
20
Brskovo Mojkovac
1
2014-15
2014-15
14
4
1
9
13
Durmitor Žabljak
4
2008-09
2012-13
36
3
4
29
13
Ulcinj Ulcinj
2
2012-13
2013-14
28
3
3
22
12
Cetinje Cetinje
1
2018-19
2018-19
18
3
0
15
9
Berane Berane
2
2009-10
2010-11
15
2
1
12
7
Ribnica Podgoritsa
2
2010-11
2011-12
15
0
0
15
0

Chernogoriya ayollar futbol ligasi ichki rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyida Chernogoriya ayollar futbol ligasining ichki rekordlari roʻyxati berilgan.

  • Ligadagi eng yirik gʻalaba/magʻlubiyat: 28-0, Budućnost vs. Ribnica, 29.04.2012 (mavsum 2011-12)[20]; 27-0, Ekonomist vs. Cvetex, 28.03.2014 (mavsum 2013-14)[21]
  • Eng uzun magʻlubiyatsiz seriya: 91 oʻyin, Ekonomist, 20.05.2010 — 09.11.2015
  • Eng uzun gʻalabali seriya: 88 oʻyin, Ekonomist, 20.05.2010 — 24.09.2015
  • Gʻalabasiz davam etgan eng uzoq oʻyinlar: 20 ta oʻyin, Ulcinj, 18.05.2013 — 19.05.2014
  • Eng uzoq davom etgan magʻlubiyatli oʻyinlar: 19 oʻyin, Cvetex, 23.09.2017 — 02.12.2018
  • Mavsum boʻyicha eng koʻp ochkolar: 54, Ekonomist, 2013-2014-yilgi mavsum
  • Mavsum boʻyicha eng kam ball: 0, Ribnica, 2010-2011-yil; Durmitor, mavsum 2012-2013; Lovćen, 2016-2017
  • Mavsum boʻyicha urilgan eng koʻp gollar soni: 252, Ekonomist, 2013-2014-yilgi mavsum
  • Mavsum boʻyicha eng koʻp oʻtkazib yuborilgan gollar soni: 131, Cvetex, 2015-2016-yilgi mavsum.

Manbalar:[22][23][24][25][26]

Joriy klublar roʻyxati (2020-2021)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-2021-yilgi Chernogoriya ayollar birinchi ligasi mavsumi Chernogoriya oliy darajadagi ayollar futbolining 13-mavsumidir. Ushbu mavsumda ŽFK Breznica chempionlik unvonini himoya qilmoqda. Chernogoriya ayollar futbol ligasini 2020-2021-yilgi mavsumda quyidagi beshta klub yakunlandi.

Klub Joylashganshahar 2019-2020-yilgi mavsumdagi oʻrni Chernogoriya ayollar ligasidagi ilk mavsumi Uy stadion(sigʻimi) Rasmiy veb-sayt
ŽFK Breznica Plyevlja 1 2013-2014 Stadion pod Golubinjom (5,140) http://fkbreznica.me
ŽFK Budućnost Podgoritsa 2 2008-2009 Podgoritsa shahar stadioni (15 230)
ŽFK Cvetex Berane 5 2013-2014 Berane City stadioni (8000)
ŽFK Ekonomist Nikšić 3 2008-2009 Stadion Kraj Bistrice (5214)
ŽFK Mladost Podgoritsa 4 2015-2016 Mladost stadioni (1500)

Chernogoriya klublari Yevropa musobaqalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-2013-yilgi mavsumdan beri Chernogoriya ayollar ligasi chempioni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida oʻynamoqda. 2012-2015-yillarda Chernogoriya ayollar futbol ligasining UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida ishtirok etgan yagona vakili ŽFK Ekonomist jamoasi edi. 2016-2017-yilgi mavsumdan 2020-2021-yilgi mavsumgacha Chernogoriya shaeafini UEFA Chempionlar Ligasida ŽFK Breznitsa jamoasi himoya qilmoqda.

Quyida Chernogoriya klublarining UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi ochkolari jadvali keltirilgan.

Jamoa Oʻtkazgan mavsumlar soni Oʻtkazgan oʻyinlar soni Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gollar farqi
ŽFK Breznica Pljevlja
5
13
1
4
8
16:53
ŽFK Ekonomist
4
12
0
2
10
8:45
Jami
25
1
6
18
24:98

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Women's football gains firm footing in Montenegro“. UEFA (2011-yil 28-iyun). Qaraldi: 2012-yil 2-may.
  2. „FSCG Trophy" for the ladies will start on Sunday“ (cnr) (2009-yil 23-aprel). Qaraldi: 2012-yil 2-may.
  3. „Montenegro (Women) 2009“. RSSSF. Qaraldi: 2012-yil 2-may.
  4. „Montenegro (Women) 2010“. RSSSF. Qaraldi: 2012-yil 2-may.
  5. „Od 2017. Crnogorska Prva liga sa 10 članova - Vijesti.me“. 2018-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-oktyabr.
  6. „Montenegro (Women) 2010/11“. RSSSF. Qaraldi: 2012-yil 2-may.
  7. „Titula za Ekonomist“ (cnr). fscg.co.me (2012-yil 21-may). Qaraldi: 2012-yil 24-may.
  8. „Ekonomist win 2nd title“ (cnr). hercegovina.info/ (2013-yil 13-may). Qaraldi: 2013-yil 21-may.
  9. „Saopštenje Izvršnog odbora - 07.07.2020.“.
  10. „Bajnok az MTK Hungária FC! (GALÉRIA)“ (hu). mtk.hu (2017-yil 15-may). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
  11. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  12. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  13. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  14. https://fscg.me/files/documents/1132/Amlanah%20fscg%202015-16_web.pdf [formatsiz URL PDF]
  15. „Bajnok az MTK Hungária FC! (GALÉRIA)“ (hu). mtk.hu (2017-yil 15-may). 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
  16. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  17. https://fscg.me/files/documents/1485/Godisnjak_2017-18_FINAL_web.pdf [formatsiz URL PDF]
  18. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  19. „Summary - Nöi NB I - Hungary - Results, fixtures, tables and news - Women Soccerway“. uk.women.soccerway.com. Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
  20. https://fscg.me/files/documents/1128/Almanah%20fscg%202011%20-%2012_web.pdf [formatsiz URL PDF]
  21. https://fscg.me/files/documents/1130/Almanah%20fscg%202013-14_web.pdf [formatsiz URL PDF]
  22. „Fudbalski savez Crne Gore“.
  23. „Montenegro (Women) 2010/11“.
  24. „Montenegro (Women) 2012/13“.
  25. „Montenegro (Women) 2013/14“.
  26. „Fudbalski savez Crne Gore“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]