Cheklilik va cheksizlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Cheklilik va cheksizlik (falsafada) — narsa va hodisalarning qaramaqarshi tomonlarini ifodalovchi tushunchalar. Cheklilik — fazo va vaqtda oʻz ibtidosi va intihosi boʻlgan aniq, chegarali obʼyektlar (narsa, jarayon, hodisa, holat, xususiyat va shahrik.)ni anglatadi. Cheklilik chegarasi obʼyekt intihosini boshqa obʼyektdan ajratib turadi va ularni birbiriga bogʻlaydi. Cheklilik doim oʻzgarishda, harakatda. Voqelikdagi har bir bilish obʼyekti muayyan munosabatda, cheklilik sifatida namoyon boʻladi. Cheksizlik — materiya va uning turli xususiyatlariga xosdir. U dunyoning fazo va vaqtda benihoyaligini anglatadigan tushuncha. Har qanday narsa va hodisalar cheklidir, chunki u boshqa predmet va hodisalardan mustaqil holda mavjud boʻlib, fazo va vaqtda maʼlum koʻlamni egallaydi. U oʻzini qurshab olgan dunyo bilan tinimsiz aloqada boʻlganligi uchun cheksizdir. Har qanday chekli narsa — cheksizlikning yuz berishi shaklidir. Ilmfan cheklili obʼyektlarini bilish orkali cheksizlikni ochib berishga yaqinlashadi.