Cheikh N'Doye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cheikh NʼDoye (talaffuzi: Shayx Ndoye) — senegallik futbolchi, „Crvena zvezda“ klubi va Senegal terma jamoasi yarim himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Cheikh NʼDoye Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan

29-mart 1986-yil(1986-03-29) (36 yosh)

  • Rufisk, Dakar, Senegal
Fuqaroligi Flag Senegala Senegal
Boʻyi 191 sm
Vazni

90 kg

Pozitsiyasi

yarim himoyachi

Klub

Flag Fransii Red Star

Raqami

25

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cheikh NʼDoye „Yakaar“ klubining bitiruvchisi. 2009-yilda u Fransiyaning „Épinal“ jamoasiga oʻtgan. 2012-yilda Cheikh NʼDoye „Créteil“ bilan shartnoma imzoladi. 3-avgust kuni „Circle Athletic“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[1]. 17- avgust kuni „Cherbourg“ga qarshi bahsda NʼDoye „Créteil“ safida ilk golini urdi[2]. Mavsum oxirida Cheikh NʼDoye jamoaga yuqori divizionga chiqishga yordam berdi. 2-avgust kuni „Nîmes“ga qarshi oʻyinda Cheikh NʼDoye Liga 2da debyut qildi[3].

2015-yilning yozida Cheikh NʼDoye „Anje“ga koʻchib oʻtdi. 8-avgust kuni „Montpellier“ga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qildi[4]. 22-avgust kuni „Gazélec“ga qarshi kechgan duelda Cheikh NʼDoye „Anje“lar safida ilk golini urdi[5].

2017-yilning yozida Cheikh NʼDoye „Birmingham City“ bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi[6]. Cheikh NʼDoye chempionatdagi debyutini 5- avgust kuni „Ipswich Town“ga qarshi oʻtkazdi[7].

2018-yilning avgustida Cheikh NʼDoye 2018-2019-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Anje“ga qaytdi[8].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 31-may kuni Cheikh NʼDoye Senegal terma jamoasi safida Kolumbiyaga oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi[9]. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi. 2017-yilda Cheikh NʼDoye Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi[10]. Turnirda u Zimbabve va Jazoir terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[11].

2018-yilda Cheikh NʼDoye shahrida Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi[12]. Turnirda u Yaponiya va Polsha jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[13].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubog Liga kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Épinal 2009-2010 7 0 7 0
2010-2011 30 11 30 11
2011-2012 35 4 1 0 36 4
Jami 72 15 1 0 73 15
Créteil 2012-2013 34 11 2 0 36 11
2013-2014 36 10 2 0 3 0 41 10
2014-2015 37 11 1 0 4 0 42 11
Jami 107 32 5 0 7 0 119 32
Angers 2015-2016 32 9 2 1 0 0 34 10
2016-2017 33 5 4 1 0 0 37 6
Jami 65 14 6 2 0 0 71 16
Birmingham City 2017-2018 37 0 3 0 0 0 40 0
2018-2019 2 0 0 0 0 0 2 0
Jami 39 0 3 0 0 0 0 0 42 0
Angers (ijara) 2018-2019 27 0 1 0 1 0 29 0
Red Star 2020-2021 26 6 4 0 30 6
2021-2022 29 11 3 0 32 11
Jami 55 17 7 0 0 0 0 0 62 17
Umumiy karyerasida 365 78 23 2 8 0 0 0 396 80

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Кретей VS. Серкль Атлетик 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 3-avgust). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  2. „Кретей VS. Шербур 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 17-avgust). 2018-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  3. „Ним VS. Кретей 2:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 2-avgust). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  4. „Монпелье VS. Анже 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-avgust). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  5. „Газелек VS. Анже 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 22-avgust). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  6. „Cheikh N'Doye: Birmingham City sign Senegal international midfielder“. BBC Sport (2017-yil 14-iyul). 2017-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyul.
  7. „Ипсвич Таун VS. Бирмингем Сити 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-avgust). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  8. Morakinyo, Tosin. „Cheikh N’Doye departs Birmingham City for Angers on loan“ (en). Goal.com (2018-yil 16-avgust). 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-aprel.
  9. „Колумбия VS. Сенегал 2:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 31-may). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  10. „Сенегал VS. Зимбабве 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 19-yanvar). 2018-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  11. „Сенегал VS. Алжир 2:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-yanvar). 2018-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-aprel.
  12. „Япония VS. Сенегал 2:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 24-iyun). 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  13. „Польша VS. Сенегал 1:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 19-iyun). 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.