Chavati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chavati — oshirilmagan (xamirturushsiz) xamirdan tayyorlanadigan non turi. Iliq suvda oddiy oshxamir qoriladi va 10—15 min. oʻrab tindiriladi. Soʻngra xamirdan 200 g li zuvalalar uzib, oʻqlovda yupqa (2 mm) kilib yoyiladi (yoymani pichoq bilan eniboʻyini 25—30 sm qilib kesish yoki zuvalani kichikroq olib non shaklida yoyish xam mumkin). Yasalgan yupqa xamir qizigan tandirga yopib pishiriladi. Qurtova, shirchoy, qaynatma shoʻrva kabi taomlar bilan birga isteʼmol qilinadi. Parhezlik xususiyatga ega.