Chatqol sanatoriysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"CHATQOL" SANATORIYSI - togʻ iqlimiy kurort. Toshkent shahridan 55 km uzoqlikda, Chirchiq daryosining chap sohilida, dengiz sathidan 610 m balandlikda joylashgan. Shim.sharq va jan.dan Gʻarbiy Tyanshanning Ugom, Piskom, Chatqol va Qurama togʻ tizmalari oʻrab turadi. Maydoni 12,5 ga. "CH." s 1975 yilda tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Geol. va mineral resurslar Davlat qoʻmitasiga qarashli tibbiy sogʻlomlashtirish maskani. Iqlimi quruq togʻ havosi, yozi jazirama emas, kishi iliq. Yillik oʻrtacha tra 11,5°, havoning nisbiy namligi 50—60%. Yil davomida 800 mm yogʻingarchilik boʻladi. Chirchiq daryosi yaqinligi tufayli vujudga keladigan gidroaeroionizatsiya va quyoshning toʻliq nuri dam oluvchilar uchun qulay sharoit tugʻdiradi.

Davolash omili kislorodga boy musaffo togʻ havosi. Sanatoriyda geol. sohasida koʻproq kuzatiladigan kardionevrologik, yuraktomir, meʼdaichak va tayanchharakat aʼzolari kasalliklari bilan ogʻriganlar davolanadi. Sanatoriy yaxshi koʻkalamzorlashtirilgan. Hududidan mineral suv chiqqan. Tarkibida kaliy, natriy, magniy, kaltsiy, xlor kabi kimyoviy elementlar, shuningdek, gidrokarbonat, kremniy kislotasi va boshqa bor. Mineral suvdan, asosan, vannalar uchun, meʼdani yuvish, ichaklarni chayish, ichishdyubaj, dush, suv osti massaji kilishda foydalaniladi. Bundan tashqari, fizioterapevtik (davolash badan tarbiyasi, massaj) va balneoterapevtik (sirkulyar dush, Sharko dush) muolajalar bilan davolash usullari ham qoʻllanadi. Sanatoriyda Sharq tabobati — giyoxlar bilan davolash hamda parhez bilan ovqatlanishga qatʼiy rioya etiladi.

250 oʻringa moʻljallangan yotoq korpusi, klub, kutubxona, sport maydonchalari, choyxonalar mavjud (2004).