Kontent qismiga oʻtish

Charos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Charos — erta oʻrtapishar mahalliy, xoʻraki uzum navi. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli o‘sadi. Bargi yirik, toʻgarak, oʻrtacha va kam kertikli, usti toʻq, orqasi och yashil, tuksiz. Guli funksional urgochi. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, zich, 300—400 gr. Gʻujumi yirik, dumaloq, tuxumsimon, koʻkimtir-qora, seret, shirin, pusti qalin. Tarkibida qand miqdori 21-23%, nordonligi 5,5-8%, iyul-avgust oylarida pishadi. Hosildorligi 80-100 s/ga. Asosan, yangiligida yeyiladi. Ragʻaga chidamsiz. Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida ekiladi. Charos uzum navi.

Charos, shuningdek, oʻzbek va fors xalqlariga oid qizlarning ismi hamdir. U "osmom kabi yorqin" , " porloq yulduz" kabi maʼnolarga ega.