Charles XIV
Qiyofa
Bernadot Jan Batist (1763-1844) — Fransiya marshali (1804), 1818—44 yillarda qirol Karl XIV Yuxan nomi bilan Shvesiya taxtini boshqarib, bernadotlar sulolasiga asos solgan. Fransiyaning inqilobiy urushlari davrida diviziya komandiri boʻlgan. Napoleon armiyasida korpus qoʻmondoni. Gollandiyada qoʻlga olingan shved asirlarini ozod etgani uchun Shvesiyada dovruq qozongan. 1810-yil Napoleon B.ni isteʼfoga chiqargan va 1810-yil avgustda Shvesiya riksdag" tomonidan taxt vorisligiga saylaigan. 1813-yil Napoleonga qarshi koalitsiyaga qoʻshilgan va shved armiyasining Fransiyaga qarshi urushida qatnashgan. Rossiyaga nisbatan doʻstona siyosat yurgizgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |