Charles Friedel
Jump to navigation
Jump to search
Charles Friedel (1832.12.3, Strasburg — 1899.20.4, Montoban) — fransuz organikkimyogari va mineralogi. Parij FA aʼzosi (1878 yildan), Peterburg FA xorijiy muxbir aʼzosi (1894 yildan). Strasburg universitetini tugatgan (1852). Parij universiteti prof. (1876 yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari organik sintezga oid. Ilk bor atsetofenon (1857), sut kislota (1861), ikkilamchi propil spirt (1862), glitserin (1873) va boshqalarni sintez qilgan. Aromatik birikmalarni alkil va atsilgalogenidlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida alkillash va atsillash usulini kashf etgan (Fridel— Krafts reaksiyasi). Sunʼiy usulda kvars, rutil, topaz va boshqa minerallarni olgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |