Charalampos Lykogiannis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charalampos Lykogiannis
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Charalampos Lykogiannis
Tavallud sanasi 22-oktyabr 1993-yil (1993-10-22) (30 yosh)
Tavallud joyi Piraeus, Gretsiya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bologna
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2011 Olympiacos
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2015 Olympiacos 4 (0)
2013—2014 → Levadiakos (ijara) 22 (0)
2014—2015 → Ergotelis (ijara) 22 (1)
2015—2018 Sturm Graz 71 (6)
2018—2022 Cagliari 101 (5)
2022— Bologna 11 (1)
Milliy terma jamoa
2007—2009 Gretsiya U17 9 (0)
2011—2012 Gretsiya U19 12 (1)
2013—2014 Gretsiya U20 4 (0)
2012—2015 Gretsiya U21 9 (0)
2017— Gretsiya 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-noyabr uchun)

Charalampos Lykogiannis (talaffuzi: Charalambos Lykoyannis; 1993-yil 22- oktyabrda Gretsiyaning Pirey shahrida tugʻilgan) — yunon futbolchisi, „Bolonia“ futbol klubi va Gretsiya terma jamoasi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lykogiannis oʻz shahrining „Olimpiako“s futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 24-oktabrda Lykogiannis Chempionlar ligasi doirasida Fransiyaning „Montpelhièr“ futbol klubiga qarshi o‘yinda asosiy jamoa safida debyut qilgan[1]. 29-oktyabr kuni Salonikining „Aris“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Gretsiya Superligasida debyut qilgan[2]. Debyut mavsumi yakunida Lykogiannis chempion va Gretsiya kubogi sohibiga aylangan.

2013-yilning yozida Lykogiannis oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun ijara asosida „Levadiakos“ futbol klubiga oʻtgan. 26-avgust kuni „Ergotelis“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[3].

2014-yilning yozida Lykogiannis yana ijaraga berilgan, „Ergotelis“ futbol klubi uning yangi klubiga aylangan. 25-avgust kuni „Panionios“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[4]. 28- avgust kuni „Panetolikos“ futbol klubiga qarshi bahsda Lykogiannis „Ergotelis“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[5]. 2015-yilda Lykogiannisning „Olimpiakos“ futbol klubi bilan shartnomasi tugagan va futbolchi erkin agent sifatida Avstriyaning „Sturm“ futbol klubiga oʻtgan. 7-noyabr kuni „Ried“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qilgan[6]. 2016-yilning 27-noyabrida „Rapid Wien“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Lykogiannis „Sturm“ futbol klubi safida ilk golini urgan[7].

2018-yil boshida Lykogiannis Italiyaning „Caralis“ futbol klubiga oʻtib, 4 yillik shartnoma imzolagan[8]. 28- yanvar kuni „Crotone“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan[9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Lykogiannis Estoniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan[10][11]. Turnirda u Angliya, Estoniya va ikki marta Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13]. Angliya bilan kechgan bahsda Lykogiannis gol urgan.

2013-yilda Gretsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Lykogiannis Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[14][15]. Turnirda u Meksika va Paragvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
Olympiacos F. C. Yunoniston bayrogʻi Gretsiya 2012—2014 9 0
Levadiakos F. C. Yunoniston bayrogʻi Gretsiya 2014 22 0
Ergotelis F. C. Yunoniston bayrogʻi Gretsiya 2015 23 1
S. K. Sturm Graz Avstriya bayrogʻi Avstriya 2015—2018 81 6
Cagliari Calcio Italiya bayrogʻi Italiya 2018—2022 109 5
Bologna F. C. 1909 Italiya bayrogʻi Italiya 2022 14 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Монпелье VS. Олимпиакос Пирей 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 24-oktyabr). 2018-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  2. „Арис Солоники VS. Олимпиакос Пирей 2:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 29-oktyabr). 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  3. „Эрготелис VS. Левадиакос 2:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 26-avgust). 2019-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  4. „Паниониос VS. Эрготелис 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 25-avgust). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  5. „Эрготелис VS. Панетоликос 1:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 28-avgust). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  6. „Штурм VS. Рид 3:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 7-noyabr). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  7. „Рапид Вена VS. Штурм 1:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 27-noyabr). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  8. „«Кальяри» купил защитника сборной Греции Ликоянниса“ (ru). sports.ru (2018-yil 22-yanvar). 2018-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
  9. „Кротоне VS. Кальяри 1:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 28-yanvar). 2018-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
  10. „Эстония (до 19) VS. Греция (до 19) 1:4“ (en). soccerway.com (2012-yil 6-iyul). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  11. „Греция (до 19) VS. Испания (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 3-iyul). 2018-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  12. „Англия (до 19) VS. Греция (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-iyul). 2017-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  13. „Испания (до 19) VS. Греция (до 19) 1:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 15-iyul). 2018-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  14. „Греция (до 20) VS. Парагвай (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-iyun). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.
  15. „Мексика (до 20) VS. Греция (до 20) 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 22-iyun). 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-avgust.