Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi — chaqaloklarda ogʻir kechadigan kasallik. Ona va homila qon gruppalarining turli sistemalar, koʻpincha rezusfaktor boʻyicha mos kelmasligi.

Qonda rezusfaktorning boryoʻkligiga qarab, u rezusmusbat yoki rezusmanfiy deb belgilanadi. Bolada kasallik ona yoki ota qonining rezusi mos kelmasligi (onasi—rezusmanfiy, otasi—rezusmusbat) dan paydo boʻladi. Bunda homilaga rezusfaktor rezusmusbat otadan utishi mumkin. Homilaning rezusfaktori platsenta orqali rezusmanfiy ona qoniga oʻtadi. Ona organizmi homila rezusfaktoriga nisbatan antitelolar ishlab chiqaradi, bular platsenta orqali rezusmusbat homila qoniga qayta oʻtib, uning eritrotsitlarini yemiradi (gemoliz roʻy beradi), kamqonlik va sariq pigment — bilirubinning toʻplanishi yuzaga keladi. Kasallik aksari ikkinchi, uchinchi va keyingi homiladorliklarda tugʻilgan, shuningdek, abortlardan keyingi homiladorlikda tugʻilgan (chunki ona organizmida antitelolar miqdori bir homiladorlikdan ikkinchi homiladorlikkacha ortib boradi) goʻdaklarda uchraydi. Onaga ilgari rezusfaktorni hisobga olmay qon quyilgan boʻlsa, birinchi homiladorlikdan tugʻilgan bolada ham Ch.g .k. paydo boʻlishi mumkin.

CH.g .k. ona va homila qoni qon gruppalari boʻyicha moye kelmaganda ham kuzatiladi, bu koʻpincha onaning qon gruppasi 1(O), bolaniki P(A) yoki Sh(V) boʻlgan hollarda roʻy beradi.

CH.g .k.ning 3 shakli farq kilinadi: homiladagi umumiy tugʻma shish, chaqaloklardagi sariqlik hamda ulardagi tugʻma kamqonlik.

Chaqaloklardagi sariklik koʻproq uchraydi. Sariqlik tugʻruqning birinchiikkinchi kunida paydo boʻladi va bola hayotining keyingi kunlarida kupaya boradi; baʼzan goʻdak terisi sargʻayib tugʻiladi, bu qonda eritrotsitlar parchalanishidan hosil boʻladigan boʻyovchi modda — bilirubinning paydo boʻlishi va tez koʻpayishiga bogʻliq. Bunda birinchi haftaning oxirlarida bolaning ahvoli ogʻirlashib, u shilqillab tushadi, yaxshi emmaydi, oyoqqoʻllari tortishadi.

Homilaning umumiy tugma shishi hamda kamqonliqda bola ulik tugiladi yoki tugʻilgan zahoti nobud boʻladi.

CH.g .k.ning oldini olish uchun homilador ayollarning qoni rezusfaktorga tekshiriladi va qon gruppasi aniqlanadi. Qoni rezusmanfiy ayollar hisobga olinadi; ularning qoni rezus antitelolarga muntazam tekshirib turiladi. Qoni rezusmanfiy birinchi marta homilador boʻlgan ayollarga abort qildirish tavsiya etilmaydi.