Chapek Karel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

CHAPEK (Sarek) Karel (1890.9.1, MaleSvatonevitse — 1938.25.12, Praga) — chex yozuvchisi. Praga universitetining falsafa ftini tugatgan (1915). 1921 — 22 yillarda Praga teatrida rejissyor, keyinchalik butunlay yozuvchilik va jurnalistika bilan shugʻullangan. "Krakonot bogʻi" (1918) hamda "Shuʼlavor tubsizliklar" (1916) toʻplamlariga kirgan dastlabki hikoyalarini akasi Iosif Chapek (18871945) bilan hamkorlikda yozgan. "Chormixga tortish" (1917) va "Gʻamgin hikoyalar" (1921) toʻplamlaridan joy olgan hikoyalarida urush yillarining sertashvish muhiti, kishilararo munosabatlardagi zidsiyatli manzaralar aks ettirilgan. "Kdroqchi" lirik komediyasi (1920) da oʻzi eʼtiqod qoʻygan "har kim oʻzicha haq" falsafasini badiiy yoritishga harakat qilgan.

CH. nomini, asosan, ijtimoiyfantastik mazmundagi asarlari dunyoga yoygan. Temirtan (robot; "robot" soʻzini Ch. oʻylab topgan)lar qoʻzgʻolonidan hikoya qiluvchi "R. V. R." (1920), "Mikropulosning quroli" (1922) dramalari, "Absolyut fabrikasi" (1922) va "Krakatit" (1924) romanlarida yuksak insonparvarlik borasidagi oʻymushohadalarini bayon etgan. "Adamsavdogar" pyesasi (1927; akasi bilan hamkorlikda), "Choʻntakdagi hikoyalar", "Boshqa choʻntakdagi hikoyalar" (1929) oʻtmishdagi adabiy va diniy syujetlar asosida yozilgan. "Apokriflar"da ana shu holat seziladi. "Gordubal", "Meter", "Oddiy hayot" (1933—34) romanlarini qamrab olgan trilogiyasi noinsoniy urfodatlar, fashizm reaksiyasiga qarshi kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan. "Salamandrlar bilan jang" (1916) romani Ch. ijodining choʻqqisi hisoblanadi. Unda umuminsoniy qadriyatlar fashizmning irqiy nazariyasi va siyosatiga, gʻayriinsoniy munosabatlarga qaramaqarshi qoʻyilgan. Ayni shu gʻoyalar "Oq kasallik" (1937), "Qutqaruvchi" (1937), "Ona" (1938) kabi qissa va dramalarida ham davom ettirilgan.

CH. hozirgi zamon ijtimoiy fantastikasiga samarali taʼsir koʻrsatgan, uning badiiy olamini boyitgan.

Manbalar[tahrir]

  • Sochineniya, t. 1—5, M., 1958—59. == Adabiyot ==
  • Nikolskiy SV., Karel Chapek — fantast va satirik, M., 1973.