Chapaqaylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chapaqaylik — irsiyatga bogʻliq holat; bunda baʼzi maqsadga muvofiq harakatlarni bajarishda koʻproq chap qoʻl ishlatiladi. Odam bosh miyasining rivojlanish jarayonida funksiyalar chap va oʻng yarim sharlar oʻrtasvda taqsimlanadi. Chap yarim shar zimmasiga nutq, oʻqish, yozish, hisoblash, analitik faoliyatning (logik, matematik) murakkab shakllari, oʻng yarim shar zimmasiga esa konkret obrazli faoliyat (tashki olamdagi narsalarning koʻrinishi, tovushi, rangi va boshqa boʻyicha aniqlash) tushadi. Oyoqqoʻllar harakatini bajarishda ikkala yarim shar qatnashadi; chap yarimshar ixtiyorida oʻng qoʻl va oyoq, oʻng yarim shar ixtiyorida chap qoʻl va oyoq boʻladi. Koʻpchilik kishilarda chap yarim shar ustunlik qilganidan oʻng qoʻl koʻproq ish bajaradi; oʻng qoʻl yordamida ishlash, ovqat yeyish va boshqa odatdagi holat. Chapaqaylarda bosh miyaning oʻng yarim shari funksiyasi chap yarim sharnikidan ustun turadi. Rivojlanishning har ikkalasi: oʻnaqaylik ham, Ch. ham normal hisoblanadi. Biroq turmushda va ishlab chiqarishda hamma asboblar va mehnat qurollari oʻnaqaylarga moʻljallantanligi tufayli chapaqay bolalarni oʻnaqaylikka oʻrgatish maqsadga muvofiq. Oʻnaqaylik va Ch.ni aniqlash nevropatologiyada muhim ahamiyatga ega.