Kontent qismiga oʻtish

Chantrimore

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chantrimore
Rejissyor(lar) Farhod Haydarov
Ssenariynavis(lar) Rixsiboy Muhammadjonov
Rollarda Yulduz Hamidova
Shuhrat Umarov
Muhammadjon Holmatov
Bastakor(lar) Abdulhoshim Ismoilov
Operator(lar) Talʼat Mansurov
Postanovkachi
rassom(lar)
Farhod Akromov
Chiqarilgan sanasi 1990
Davomiyligi 44 minut
Mamlakat Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Til oʻzbekcha

Chantrimore“ (ruscha: Чантриморэ) — yozuvchi Erkin Aʼzamning „Anoyining jaydari olmasi“ hikoyasi asosida suratga olingan badiiy film[1][2]. Film Komil Yormatov nomidagi „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasining mahsulotidir. U „SVEMA“ plyonkasida suratga olingan.

Film 1990-yil suratga olingan boʻlib, „Buyuk ipak yoʻli“ metro bekatining avvalgi koʻrinishi va uning atrofidagi kadrlarda koʻkalamzorlik koʻzga yaqqol tashlanib turishi bilan ham qadrli ekani aytiladi[3].

Filmda Toshkentga oʻqishga kirgan doʻstini qidirib kelgan sinfdosh doʻst — Ramazonning boshidan kechirgan sarguzashtlari tasvirlangan. U oʻz sarguzashtlari mobaynida Toshkentda oʻqiyotgan talaba doʻstining ancha oʻzgarganini, endi u qishloqdagi sodda va samimiy sinfdosh emasligini, balki asta-sekin kibrga berilib borayotgan talaba ekanligini guvohi boʻladi. Filmning ramziy sahnalaridan birida, Kamron bolalik doʻstining „Chantrimore“ deb baqirganiga javoban „Kalamakatore“ deb javob qaytarish odati bor edi. Film oxirlarida doʻstiga qattiq gapirgan Kamron, uning „Chantrimore“ hayqirigʻiga javob qaytarmaydi[4]. Kamronning oʻz xatosidan pushaymon boʻlishi bilan film yakunlanadi.

Soundtracklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yulduz Usmonova tomonidan kuylangan „Doʻstga zor“ qoʻshigʻi filmning oʻziga xos ramziga aylangan[manba kerak].

  1. Qizi, Ko‘charova Dildora Karim; Khurramovna, Ubaydullayeva Jamila (2022-02-26). "Ramadan Of Erkin A’zam" (en). Eurasian Scientific Herald 5: 114–116. ISSN 2795-7365. https://www.geniusjournals.org/index.php/esh/article/view/672. 
  2. „Chantrimore (Чантриморэ) — Erkin A’zam asari asosida badiiy film. | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  3. „15 фильмов с видами старого Ташкента и привкусом ностальгии — Афиша Ташкента“ (ru). www.afisha.uz (2024-yil 5-aprel). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  4. „ERKIN A’ZAM ASARLARIDA QO‘LLANGAN INDIVIDUAL NEOLOGIZMLAR LINGVOPOETIKASI“. 2024-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.