Kontent qismiga oʻtish

Changsoʻrgich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Changsoʻrgich — xonalarni yigʻishtirish, mebel, kiyimkechak, gilam va qalin pardalarni changdan tozalash uchun moʻljallangan havo soʻruvchi qurilma. Devorlarni boʻyash, yogoch va metall sirtlariga boʻyoq purkash, havoni namlash, oʻsimliklarga dori sepishda ham Ch.dan foydalanish mumkin. Asosiy qismlari — metall yoki plastmassa korpus, kollektorli dvigatel va markazdan qochma ventilyator. Uzaytiribqisqartirsa boʻladigan (gofrirlangan) shlang va turlituman uchliklar bilan butlanadi. Ch.ning polda turadigan, dastaki va orqaga osib yuriladigan, choʻtkasimon turlari bor. Ishlash tarziga koʻra, toʻgʻri oqimli silindrik, uyurmali (kanistrli) va boshqa xillari bor. Gilamlarni yuvish, pol yuvish va yaltiratish, mebelni yaltiratish, avtomobillarni tozalash uchun moʻljallangan moslamali Ch. ham boʻladi. Ch s. isteʼmol kiladigan elektr toki quvvati — 150—800 Vt.