Chandir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chandir — turkiy qabila. 8—9asrlarda Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimida, Orol dengizining jan.dagi choʻllarda yashovchi oʻgʻuzlar tarkibida boʻlganlar. Keyinchalik Ch.larning bir qismi Movarounnahrga oʻtib, oʻzbeklar va turkmanlar bilan aralash yashab, ular tarkibiga singib ketgan. Ayrim guruhlari oʻgʻuzlar tarkibida Ozarbayjonda oʻrnashib qolgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Ch.larning ayrim guruhlari oʻtroq hayot kechirib, asosan, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. 1924-yildagi maʼlumotlarga koʻra, Ch. jami 3425 kishini tashkil etgan.