Chandigarh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chandigarh — Hindistonning shim.gʻarbiy qismidagi shahar, Himolay togʻlari etagida. Panjob va Xaryana shtatlarining (ushbu shtatlar tarkibiga kirmaydi) hamda Chandigarh ittifoqdosh hududining maʼmuriy markazi. Aholisi 746 ming kishi (2001). Yetakchi sanoat tarmoqlari: kimyo va mashinasozlik, shuningdek, oziq-ovqat, jun, trikotaj va farmatsevtika sanoati korxonalari, universitet bor. Shahar 1951—56 ylarda hind va xorijiy meʼmorlar loyihasi asosida qurilgan. Koʻchalari toʻgʻri, binolari zamonaviy uslubda, hind va Yevropa meʼmorligi uslublaridan uygʻunlikda foydalanib qurilgan.