Chan xing dao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Chan xing dao (Tran Hu’ng Dao), Chan Kuok Tuan (Tran Quoc Tuan) (1226—1300) — Vyetnam sarkardasi, Vyetnam xalqining moʻgʻul istilochilariga qarshi kurash tashkilotchisi. Moʻgʻullar Dayvyet (Vyetnam)ga 1257— 58, 1284—85, 1287—88 yillarda hujum qilishgan vaqtda mamlakat qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni (1283-yildan). 1288-yil 9-aprelda Vyetnam qoʻshinlari Ch.X.D. rahbarligida Batdang daryosi boʻyidagi jangda yirik gʻalabaga erishganlar. Natijada moʻgʻul istilochilari Dayvyet hududidan quvib chiqarilgan. Bu sana har yili milliy bayram sifatida nishonlanadi.