Chamandagul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chamandagul
Verbena halei
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Chamandagul (Verbena) — tizimguldoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik va yarim butalar turkumi; ekma gul. Vatani — Peru. Amerikaning tropik va subtropik mintaqalarida 200 dan ortiq turi oʻsadi. Gulchilikda gullari qalqonsimon, toʻpguli diametri 6—7 sm, oq, qizil, pushti, sariq, binafsha rangli, bir yillik duragay Ch. (V.hybrida) ekiladi. Boʻyi 2550 sm, tupi yoyiq, shoxlari gʻuj, bargi tuxumsimon, rangi yashil. Sovuqqa chidamli, erta tushgan qor ostida ham sovuq urmaydi. Ch. urugʻidan koʻpaytiriladi. Urugʻi fevralmart oylarida issiqxonalarda ekiladi. Iyundan oktabrgacha gullaydi. Ch. xonadonlarda, koʻp qavatli uylar balkonida, park va xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.