Chala tugʻish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chala tugʻish — homiladorlik muddati tugamay (homiladorlikning 29 haftasidan 38 haftasigacha) tugʻish. Bunda homila vaqtdan avval, chala tugʻiladi (qarang Chala tugʻilgan bola). Erkak urugʻidagi nuqsonlar, tuxumhujayraning toʻla rivojlanmaganligi, irsiy omillar, erxotinning yaqin qarindosh boʻlishi, platsentanint bachadonga notoʻgʻri birikib qolishi, homilaning teskari yotishi, ayol nerv va endokrin sistemasining buzilishi (mac, tuxumdonlar, qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, diabet), homiladorlik toksikozlari, abort, kamqonlik, oʻtkir va surunkali yuqumli kasalliklar (mac, brutsellyoz, toksoplazmoz, gripp, angina, virusli gepatit va boshqalar), shuningdek, ichki jinsiy aʼzolarning turli sabablar bilan yalligʻlanishi, ularda oʻsma paydo boʻlishi, ayol jinsiy aʼzolarining yetarli rivojlanmaganligi (infantilizm), ona bilan homila qon gruppalari va rezusfaktorning nomutanosibligi va boshqalar Chala tugʻish ga sabab boʻladi. Asabiyruhiy va jismoniy shikastlanishlar, ogʻir ish sharoiti, oiladagi notinchlik va boshqa noqulay taʼsirotlar vaqtdan avval tugʻishga olib keladi. Buyrak, jigar, yuraktomir, nerv kasalliklari bilan ogʻrigan ayollarda ham Chala tugʻish kuzatiladi. Bunda ona bilan homila oʻrtasidagi qon aylanishi buziladi, homilaning kislorod bilan taʼminlanishi yomonlashadi va bu vaqtdan avval tugʻishga olib keladi. Chala tugʻish aksariyat juda yosh yoki yoshi 35 dan oshib birinchi marta tugʻayotgan ayollarda uchraydi. Davo Chala tugʻishga sabab boʻlgan asosiy kasallikka qarab belgilanadi. Chala tugʻish ehgimoli boʻlgan ayol homilador boʻlgunicha hamda homiladorlik davrida davolanishi lozim. Oldini olish Chala tugʻish sabablarini oʻz vaqtida aniqlash va uni davolash choratadbirlaridan iborat.