Chakmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chakmon — ustki kiyim turi; erkaklarning oldi ochiq qishki toʻni. Jun matodan tikiladi. Barlari old etak qismiga qoʻshimcha trapetsiyasimon kiyiq qoʻshilishi hisobiga birbiriga ustmaust kirib turadi, uchburchak boʻyin oʻmiziga yoqa oʻrnatiladi, yeng uchi tomon torayib boradi. Ch.ning qoʻltiq osti (xishtak) qismi ochiq qoldirilgan. Ch. ham toʻn kabi yoqa, bar, etak chetiga jiyaklar qoʻyib bezatilgan. Bahor, kuzda yaktak ustidan, sovuq oylarda paxtali toʻn, poʻstin ustidan kiyiladi. Xorazmda chap barlar oʻng bar ustini yopib turgan. Yaylovlarda hozir ham kundalik kiyim sifatida kiyiladi. Bu hududsa movut toʻnlar — ch a k moi, sholchakmon, yaktak singari astarsiz tikilgan. Jun mato ensiz boʻlgani sababli bitta Ch.ga 25 m gacha mato sarf qilingan. Ular, asosan, och jigarrang tuya junidan boʻlib, 2 andazali yoki 3 andazali bichiqsa tikilgan, yaʼni yon boʻlaktarzli yoki tarzlar qoʻshilmay tikilgan.

Samarkand—Buxoro muzofoti movut Ch.lari, asosan, qoʻy juni matosidan tayyorlanganligi tufayli, sidirgʻa och sariqyoki qora tusli boʻlgan. Shol Ch. (tuya junidan tayyorlangan), movut Ch. (fka movutidan tayyorlangan) lar qimmat sotilgan, asosan, oʻziga toʻq, boy aholi sotib olgan. Ch. oddiy toʻnlar singari bichilgan, yaʼni 3 andazali toʻgʻri bichiqda boʻlib, barlar oldiga kiyiklar solingan. Jiyaklar bilan bezatilgan.

Fargʻona — Toshkent muzofotida qoʻy junidan toʻqilgan movut Ch.lar — qoqma Ch. deyilgan. Eng arzon movut Ch.lar past navli aralash matolardan tikilgan (koʻk Ch.). Qoryomgʻirlarda boʻkib qolmaslik uchun koʻpincha qaynoq suvga boʻktirilgan. Ch. matosi toʻqilishiga qarab farqlangan. Asosan, koʻkish rangli boʻlgan, bichigʻi esa paxtali chopon, toʻnlar kabi 3 andazali toʻgʻri bichiqsa boʻlgan. Hozirgi kunda Ch.lar kundalik kiyimlar qatoridan joy olgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Suxareva O. A., Kostyum narodov Sredney Azii, M., 1982; Traditsionnaya odejda narodov Sredney Azii i Kazaxstana, M., 1989.