Chahatt Khanna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chahatt Khanna
Tavalludi 17-iyul 1986
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2005-hozirgacha

Chahatt Khanna — hind kino aktrisasi. U „Bade Achhe Lagte Hain“ filmida Aysha va „Qubool Xay“ filmida Nida rolini ijro etishi bilan tanilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chahatt oʻz faoliyatini 16 yoshida boshlagan. Uning birinchi bor ekran uchun suratga olinishi 2002-yilda Pradeep Sarkar bilan „Cadbury“ reklamasida boʻlgan.  Uning birinchi suratga tushgan telekoʻrsatuvi esa 2002-yildagi „Sachi Baat Sabhi Jag Jeyn“ deb nomlangan. Uning filmlardagi birinchi tanaffusi „7½ Phe“ bilan boʻlgan. Oʻsha yili Chahatt „The Film“ (2005) trillerining aktyorlaridan biri sifatida koʻrilgan. Film qisman bir-biri bilan kurashayotgan kino sanʼatkorlarining hayoti haqida. Chahatt, shuningdek, 2005-yilda 8 epizod (4 soat) davomida „Hero Bhakti Hi Shakti Xay“ shousida kameo rolini ijro etgan. U shouda malika Mayra rolini o‘ynagan. Khanna „Sun tv“ telekanalida efirga uzatilgan „Star“ koʻrsatuviga taklif qilingan va u shouda boshlovchilik sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik u „Sony TV“ning „Kajjal“ koʻrsatuvida ishtirok etdi. 

2009-yilda u „Ek Main Ek Tum“da, keyin esa „MTV Stuntmania“ telekanalida suratga olish guruh rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Khanna birinchi marta 2006-yil dekabrida Bharat Narsinghani bilan turmush qurgan, biroq bir necha oydan so‘ng Naringhani unga jismoniy zo‘ravonlik qilgani uchun ajrashgan[1]. Ularning uchrashishi 2002-yilda 16 yoshida boshlangan. Ikkinchi turmush oʻrtogʻi Farxon Mirzo boʻlib, u bilan 2013-yil fevral oyida turmushga chiqqan[2] She married Farhan Mirza, the son of Shahrukh Mirza on 8 February 2013.[3]. U 2013-yil 8-fevralda Shohruh Mirzoning oʻgʻli Farxon Mirzoga turmushga chiqqan. Er-xotinning ikki qizi bor. U 2018-yilda jinsiy va ruhiy zo‘ravonlik sabab ajrashish uchun ariza bergan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar Nom Role Eslatma
2005 The Film Ankita Kulkarni
2005 7½ Phere..More Than a wedding Piyaali „Piya“ Joshi
2010 Ek Main Ek Tum Chahat
2011 Thank You Kanishka
2019 Prassthanam Palak

Televideniyeda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar Nom Rol Notes Ref.
2005 Hero — Bhakti Hi Shakti Hai Malika Myra 8 ta epizod
2006 Kumkum — Ek Pyara Sa Bandhan Aashka Wadhwa
2007 Kaajjal Katie / Kaajjal
2011-2013 Bade Achhe Lagte Hain Ayesha Sharma Kapoor
2014 Qubool Hai Nida
2015 Darr Sabko Lagta Hai Richa Epizod 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „A wife-beater will never change“ (2007-yil 4-avgust). Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  2. „Shahrukh Mirza's son wedding ceremony“ (2013-yil 10-fevral). Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  3. „The big fat TV weddings“. Hindustan Times (2013-yil 7-fevral). Qaraldi: 2016-yil 28-mart.