Cevizli (Akcaabat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Çakırören, Karataş
qishloq
40°56′35″N 39°30′40″E / 40.94306°N 39.51111°E / 40.94306; 39.51111 G OKoordinatalari: 40°56′35″N 39°30′40″E / 40.94306°N 39.51111°E / 40.94306; 39.51111 G O
Mamlakat Turkiya
Mintaqa Anadolu
Tuman Karataş
Çakırören, Karataş xaritada
Çakırören, Karataş
Çakırören, Karataş

Cevizli — Trabzon viloyatining Akçaabat tumaniga qarashli mahalla boʻlib, 2014-yilga qadar u maʼmuriy jihatdan qishloq maqomiga ega boʻlgan (Uni Akcaabatning Cevizlik qishlogʻi bilan aralashtirib yubormaslik lozim). 2019-yilda Istanbul shahar hokimi etib saylangan Ekrem Imomo‘g‘li shu qishloqda tug‘ilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cevizlining eski nomi Tzaneni yoki Caneni boʻlgan[1]. Bu nom soʻzlashuv tilida „Zanene“ nomi bilan tilga olinadi. Qishloq 1876-yilgi Trabzon viloyati yilnomasida Canili (jạn ạy̰l) shaklida qayd etilgan. Eng yaqin qishloq Shinik (sẖy̰nk) o‘sha paytda xuddi shunday nomga ega boʻlgan. Kanili qishlogʻi 1867-yilda tashkil etilgan Trabzon viloyatining toʻrt sanjogʻidan biri boʻlgan Trabzon sanjogʻining Akçaabat tumaniga qarashli edi. Manbalarga koʻra qishloq hududida 37 ta xonadon mavjud boʻlgan. Har bir xonadonda o‘rtacha besh kishi istiqomat qiladi, deb hisoblansa, Kanili aholisi 185 kishidan iboratligi maʼlum bo‘ladi. Qishloqda 21 ta sigir, 10 ta ho‘kiz, 56 ta qo‘y qo‘y-echki mavjudligining oʻzi Kanilining kichik bir qishloq ekanidan darak beradi. 4 ta ot va 3 ta eshakdan yuk tashish ishlarida foydalanilgan. Bu vaqtda qishloq hududida harbiy xizmatga bormagan hamda nasroniy diniga mansub boʻl;gan Usmonli fuqarolari harbiy soliq toʻlashga majbur boʻlgan. Bu jarayon Kanili aholisining islomlashuviga taʼsir oʻtkazgan boʻlishi mumkin. Mazkur sanada Akcaabat tumanida joylashgan 100 ta qishloqdan 41 tasida armiyada xizmat qilmagan nasroniylar harbiy soliq toʻlashi shart boʻlgan. Kanili yoki bugungi kundagi Cevizli bu qishloqlardan biri emas. Bu holat 1876-yilda butun qishloqni islomlashuvi bilan bogʻliq boʻlgan[2].

Cevizli qishlogʻi Respublika davrining dastlabki aholisi roʻyxatga olish vaqtida yaʼni 1928-yildagi „Teşkilat-i Mülkiyede Köylerimizin Adları“ deb atalgan nashrda Çaneni (Ćạnەny̰) shaklida qayd etilgan. Bu vaqtda Çaneni Trabzon viloyatining Pulathane tumaniga qarashli edi[3]. Po‘lathane tumani keyinchalik Akcaabat deb o‘zgartirildi. 1935-yildagi aholini roʻyxatga olishda Çaneni sifatida roʻyxatga olingan Cevzili, Trabzon viloyatining Akçaabat tumani markaziy shaharchasi bilan bogʻlangan va qishloqda 299 kishi istiqomat qilgan[4].

Rasmiy manbalarda turli shakllarda yozilgan Çaneni nomi, 1959-yilda qabul qilingan 7267-sonli qonun bilan „chetdan kelib chiqqan va chalkashliklarga sabab boʻlgan“ degan sabab bilan Cevizli deb oʻzgartirildi[5].Qishloq nomi 1955-yilgi umumiy aholi roʻyxatida Caneni sifatida qayd etilgan boʻlsa-da, 1960-yilgi umumiy aholi roʻyxatida oldingi nomi bilan birga „Cevizli (Caneni)“ deb yuritilgan[6][7].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Trabzon shahar markaziga 26 km, Akcaabat tumaniga 13 km uzoqlikda joylashgan. Söğütlü Darasi vodiysining 12 km. U vodiyning sharqiy qismlarida barpo etilgan. Cevizli qishlogʻi Akçaabatdan Düzkoʻyga ketayotgan yoʻlning chap tomonida, Shinik shaharchasi roʻparasida joylashgan mahalladir. Atrofi Alsancak, Kirazlik, Kochlu, Shinik va Akpinar qishloqlari bilan oʻralgan.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq asosan koʻchmanchilardan tashkil topgan. Migratsiya qiluvchi aholi Trabzon shahrida, Trabzonning tuman markazlarida, Istanbul kabi yirik shaharlarda va xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa,Germaniyada yashaydi. Biroq, bu muhojir aholining koʻpchiligi oʻz qishloqlariga, asosan yoz oylarida tashrif buyurishadi.

Qishloq odamlari orasida Altuntosh, Armutçu, Aydin, Bayburt, Burgucu, Burnaz, Buyuk, Choban, Hotaman, Imom, Karamus, Kubalich, Pehlivan va Yulduz kabi familiyalar koʻp uchraydi.

Yillar boʻyicha mahalla aholisi haqidagi maʼlumotlar
2012 yil 256
2011 yil 242
2010 yil 245
2009 yil 257
2008 yil 267
2007 yil 278
1876 yil 185 [2]

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Nişanyan Yer Adları
  2. 2,0 2,1 Trabzon Vilayeti Salnamesi − 1869-1904, (Hazırlayan) Kudret Emiroğlu, Ankara, 1993-2009, 22 cilt; 8. cilt, s. 310-311, ISBN 9789157871117.
  3. Son Teşkilat-i Mülkiyede Köylerimizin Adları (Osmanlıca), İstanbul, 1928, s. 730.
  4. „1935 Genel Nüfus Sayımı: Köyler Nüfusu“ (Türkçe). mku.edu.tr (1937). 16 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 şubat 2020.
  5. Köylerimiz, (Yayımlayan) İçişleri Bakanlığı, 1968, Ankara, s. 627.
  6. „1955 Genel Nüfus Sayımı: Vilâyet, Kaza, Nahiye ve Köyler itibarıyla nüfus“ (Türkçe). sehirhafizasi.sakarya.edu.tr (1961). 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 şubat 2020.
  7. „1960 Genel Nüfus Sayımı: İl, İlçe, Bucak ve Köyler itibarıyla nüfus“ (Türkçe). sehirhafizasi.sakarya.edu.tr (1963). 18 şubat 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 şubat 2020.