Kontent qismiga oʻtish

Caulophyllum thalictroides

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Caulophyllum thalictroides
Ilmiy tasniflash
O‘simliklar
Yuksak oʻsimliklar
Gulli oʻsimliklar
Ikki urugʻpallalilar
Ranunculales
Zirkdoshlar
Caulophyllum
Species:
C. thalictroides
Binar nomi
Caulophyllum thalictroides

Caulophyllum thalictroides, koʻk kohosh (zirkdoshlar oilasi) — zirkdoshlar (zirk) oilasi caulophyllum turkumiga mansub gulli oʻsimlik. Bu tur ko'k reza mevalari va ko'k-yashil bargli, o'rta bo'yli ko'p yillik o'simlik sifatida tavsiflanadi. O‘simlikning "kohosh" umumiy nomi, "qo'pol" degan ma'noni anglatuvchi "Algonquian" so'zidan olingan.  Yunoncha Caulophyllum nomi "bargli poya" degan ma'noni anglatadi. Thalictroides o'ziga xos nomi esa o'tloq o'ti (Thalictrum spp.) va ko'k kohosh barglari o'rtasidagi o'xshashlikni anglatadi.

Yerdan ko'tarilgan bitta poyadan bitta, katta, uch novdali barg paydo bo'ladi, gullari sariq rangda bo‘lib, to‘pgulda ochiladi, keyin ko'k rangli rezavor mevalar paydo bo'ladi. Ko'k-yashil varaqalar uch bo'lakli va tubi butun.

O‘sish joyi va tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'simlik qattiq yog'ochli o'rmonlarda, nam qoyalar va tepaliklarda, soyali joylarda uchraydi. Boy tuproqda yaxshi o‘sadi. Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida, Manitoba va Oklaxoma sharqidan Atlantika okeanigacha bo‘lgan hududda uchraydi.

Caulophyllum thalictroides o‘simligini mavsum boshida gul barglari orasida mavjud bo'lgan nektar uchun keladigan ba'zi asalari va kapalak turlari tomonidan changlantiriladi[1].

Caulophyllum thalictroides xom mevasi

O'simlik Amerika hindulari tomonidan dorivor o't sifatida turli kasalliklarni davolashda ishlatilgan[2]. Ko'pgina tubjoy amerikalik qabilalar, keyinchalik Yevropa o'simlikshunoslari[3] bu o'tni boshqa o'tlar va suyuqliklar bilan birgalikda aralashtirilib abort qilish, kontratseptiv maqsadlarda qo‘llashgan[4].

Millspaughning Amerika tibbiy o'simliklari kitobidan olingan rangli plastinkada gul va sudraluvchi ildizpoyaning anatomik tafsilotlari ko'rsatilgan.

Xabarlarga ko'ra, o‘simlik urug'lari, tubjoy aholi tomonidan qahva o'rnini bosuvchi vosita sifatida ham foydalanilgan[1].

  1. 1,0 1,1 Niering, William A.. The Audubon Society Field Guide to North American Wildflowers, Eastern Region. Knopf [1979], 1985 — 416-bet. ISBN 0-394-50432-1. 
  2. Cichoke, Anthony J.. Secrets of Native American herbal remedies: a comprehensive guide to the Native American tradition of using herbs and the mind/body/spirit connection for improving health and well-being. Penguin, 2001 — Blue Cohosh-bet. ISBN 1-58333-100-X. 
  3. Henriettesherbal. „Herbal Abortives and Birth Control“. Henriettes-herb.com. Qaraldi: 2012-yil 24-fevral.
  4. Sisterzeus. „Blue Cohosh“. Sisterzeus.com. 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-fevral.