Kontent qismiga oʻtish

Catherine Ferguson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Catherine Ferguson
Tavalludi 1779-yil
Vafoti 11-iyul 1854-yil

Catherine[1] Ferguson (talaffuzi: Ketrin Fergyuson; 1779-yil — 1854-yil 11-iyul) afro-amerikalik xayriyachi va oʻqituvchi boʻlib, New-York shahrida birinchi yakshanba maktabiga (Sunday School) asos solgan[2].

Ferguson 1779-yilda onasi Katy Williams Virginiadan New-York shahriga olib ketilayotgan paytda qullikda tugʻilgan. Catherine sakkiz yoshdaligida onasi qul sifatida sotilganidan keyin uni boshqa koʻrish imkoni boʻlmagan. Catherine onasidan ajralishi uning keyingi hayotida bolalarga yordam berish uchun ilhom manbai boʻlgan.

Taxminan oʻn olti yoki oʻn yetti yoshda bir ayol doʻsti uning erkinligini (Ferguson olti yil davomida qaytarishi kerak boʻlgan) 200 AQSh dollariga sotib olgan. Ammo kelishuv keyinroq oʻzgartirilgan: „Xoʻjayini“ Fergusonning unga oʻn bir oy xizmat (100 AQSh dollariga teng) qilib qarzni qaytarish taklifiga rozi boʻlgan. Qolgan yarmini u New-Yorkdagi savdogar Divie Bethunega hizmat qilib toʻlagan[1]. Shundan soʻng Ferguson „toʻylar va ziyofatlar“ uchun sotiladigan tort pishiruvchisiga aylangan[1].

Ferguson oʻn sakkiz yoshida turmushga chiqdi. U ikkita bola dunyoga keltirdi, ammo ikkalasi ham goʻdakligida vafot etgan. Ferguson 1854-yilda, taxminan 75 yoshida uyida vabodan vafot etgan[3].

Oʻqituvchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ferguson har bir bola oʻqimishli va xavfsiz boʻlishi kerak, deb hisoblardi. Savodsiz boʻlsa-da, Ferguson oʻz mahallasidagi kambagʻal va qarovsiz qora va oq tanli bolalarga gʻamxoʻrlik qilgan. Har yakshanba kuni u diniy taʼlim berish uchun bolalarni New-Yorkdagi Warren koʻchasidagi uyiga olib kelardi. Mahalliy vazirning va Rev. Dr. John Mirchell Masonning daldasi bilan[1] uning yakshanba maktabi uyidan taxminan 1814-yilda Murray koʻchasidagi cherkov podvaliga koʻchirilgan. Savodsizligi tufayli Ferguson Amerikaning ilk davrida boshidan kechirganlari haqida yoza olmagan, shuning uchun tarixchilar hayotini kamdan-kam tilga olishgan, lekin u „kambagʻallar eʼtibordan chetda qolgan davrda kambagʻallarning ehtiyojlariga“ javob bergani tasvirlangan[3]. Keyinchalik uning maktabi „Murray Street Sabbath School“ nomi bilan tanilgan. Fergusonning taʼlim yoʻriqnomalari madhiyalar va muqaddas bitiklarni yodlashni oʻz ichiga olgan. Fergusonning maktabiga tashrif buyuruvchilari orasida Isabella Graham va Reverend Isaac Ferris ham bor edi.

Ferguson bolalarni tarbiyalashdagi saʼy-harakatlaridan tashqari, haftada ikki marta bolalar va kattalar uchun ibodat uchrashuvlarini oʻtkazgan, bu uchrashuv 40 yildan ortiq davom etgan[3]. Shuningdek, u „koʻchadan yoki noloyiq ota-onadan“ yigʻib olgan 48 nafar bolani „ular uchun mos uy“ topmaguncha boqqan va tarbiya qilagan.

Ferguson hayoti davomida xayriya ishlari tufayli maʼlum darajada mashhurlikka erishgan. 1854-yil 13-iyulda The New York Times gazetasida uning vafoti haqidagi xabar va 1854-yil 20-iyulda Tribune jurnali tomonidan qisqacha tarjimai holi chop etilgan[1]. Uning xizmatiga hurmat sifatida 1920-yilda New-Yorkda turmushga chiqmagan onalar uchun Katy Ferguson uyi tashkil etilgan. Shuningdek, Ferguson Benson J. Lossingning biografik lugʻatidagi 330 ta taniqli shaxslar qatoriga kiritilgan[3].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Hartvik, Allen. „Catherine Ferguson: Black founder of a Sunday school“, Negro History Bulletin, January-September, CBS Interactive Inc., BNET, findarticles.com, 1996, page 1
  2. „MAAP | Place Detail: Catherine Ferguson“. maap.columbia.edu. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Hartvik, Allen. „Catherine Ferguson: Black founder of a Sunday school“[sayt ishlamaydi], Negro History Bulletin, January-September, CBS Interactive Inc., BNET, findarticles.com, 1996, p. 2.