Cass Sunstein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cass Robert Sunstein[1] (1954-yil 21-sentabrda tugʻilgan) - konstitutsiyaviy huquq, ma'muriy huquq, atrof-muhit huquqi, fuqarolik huquqi va xulq-atvor iqtisodiyoti boʻyicha tadqiqotlari bilan tanilgan amerikalik mashxur huquqshunos olim. U, shuningdek, The New York Times gazetasiga eng koʻp kitobi sotilgan muallif sifatida kirgan. Ushbu mashxur kitoblar "Yulduzli urushlarga koʻra dunyo" (2016) va " Nudge " (2008) hisoblanadi. U 2009-yildan 2012-yilgacha Obama ma'muriyatida Oq uyning Axborot va tartibga solish masalalari boʻlimi ma'muri sifatida ishlagan[2].

27 yil davomida u Chikago universiteti yuridik fakulteti professori sifatida ishlagan. Sunstein boshqa huquqiy mavzular qatorida konstitutsiyaviy huquq va uni tartibga soluvchi tizim boʻyicha keng qamrovli asarlar yozgan[3]. Oq uyni tark etganidan beri Sunstein Robert Uolmsli universiteti qoshidagi Garvard huquq maktabi professori[4] sifatida ishlagan. 2014-yilda yuridik nashrlarni oʻrganish tadqiqotlari natijalariga koʻra, Sunstein katta ustunlik bilan eng koʻp tilga olingan amerikalik huquqshunos olim boʻlgan[5][6].

Hayoti va ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sunstein 1954-yil 21-sentyabrda Massachusets shtatining Vaban shahrida millati yahudiy boʻlgan oʻqituvchi Marian (niyasi Gudrich) va quruvchi Kass Richard Sunstein oilasida tugʻilgan[1][7][8]. 1972-yilda Midlseks maktabini tamomlagan. Uning aytishicha, u oʻsmirlik chogʻida Ayn Rendning asarlariga ishqiboz boʻlgan. Ayn Rend asarlarida insoniyatning koʻpchiligiga nisbatan nafrat, inson zaifligiga shafqatsiz munosabatda boʻlish va qayta taqsimlashning axloqiy yomonliklari bilan kurashish asosiy gʻoya sifatida tasvirlangan.[9]

Oʻrta maktabdan soʻng Sunstein Garvard kollejiga oʻqishga kirdi. U oʻsha davrda "universitet qovoqchasi" jamoasi a'zosi boʻlgan va Garvard Lampoonning muharriri sifatida ham ishlagan, keyinroq 1975-yilda u bakalavr darajasini olgan. Soʻng u Garvard yuridik maktabida oʻqidi va u yerda Garvard fuqarolik huquqlari-fuqarolik erkinliklari qonunlari sharhining ijrochi muharriri boʻlib ishladi va Ames Moot Court tanlovining gʻolib jamoasi a'zosi boʻldi. U 1978-yilda Huquqiy fanlar doktori darajasini oldi.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huquq fakultetidan so‘ng Sunstein dastlab 1978-1979 yillarda Massachusets Oliy sudining sudyasi Benjamin Kaplan lavozimida, so‘ngra 1979-1980 yillarda AQSh Oliy sudining sudyasi Turgud Marshall lavozimida ishlagan[10].

Sunstein oʻzining amaliy mashgʻulotlaridan soʻng bir yilni AQSh Adliya vazirligining yuridik maslahatchi idorasida advokat-maslahatchi sifatida oʻtkazdi. 1981-yilda u Chikago universiteti yuridik fakultetida huquq kafedrasi dotsenti sifatida(1981–1983), keyinroq u yerda siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti (1983–1985) sifatida faoliyat olib bordi. 1985-yilda Sunstein siyosatshunoslik va huquqshunoslik boʻyicha toʻliq professor etib tayinlandi; 1988-yilda u Karl N. Llevellin yuridik fakulteti va siyosatshunoslik kafedrasi huquqshunoslik professori etib tayinlandi. Universitet uni 1993-yilda "koʻrsatgan xizmatlari uchun" maqtov yorligʻi bilan taqdirladi. 2009-yilda Sunsteinni Chikagodagi hamkasbi professor Duglas G. Baird "Chikagolik odam" deb ta'riflagan[11].

Sunstein 1986-yilning kuzida Kolumbiya yuridik fakultetida Samuel Rubin nomidagi huquq professori va 1987-yilning bahorida, 2005-yilning qishida va 2007-yilning bahorida Garvard yuridik fakultetining tashrif buyuruvchi professori sifatida ishladi. U konstitutsiyaviy huquq, ma'muriy huquq va atrof-muhit huquqi boʻyicha kurslarni, shuningdek, huquqshunoslik asoslari, huquq nazariyasiga kirish va huquqni fanlararo oʻrganish, shu jumladan bsohqaruv huquqini oʻrganish boʻlgan "Huquq elementlari" birinchi kursini oʻqitadi. 2008-yil kuzida u Garvard yuridik fakultetiga ishga kirdi va u fakultetda Risklarni tartibga solish boʻyicha dastur direktori sifatida ish boshladi:[12]

Manbalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Current biography yearbook. H.W. Wilson Company, 2008. 
  2. "Be Fruitful and Simplify! ‘Simpler’ and ‘Simple’" April 8, 2013 The New York Times
  3. „Sunstein to join Harvard Law School faculty“. Law.harvard.edu. Qaraldi: 2012-yil 27-iyul.
  4. „Sunstein a University Professor“. Harvard Gazette (2013-yil 19-fevral).
  5. 2014 Scholarly Impact – Leitner Rankings.
  6. Farris, Nick; Aggerbeck, Valerie; McNevin, Megan; Sisk, Gregory C. (August 18, 2016). Judicial Impact of Law School Faculties. Rochester, NY: Social Science Research Network. doi:10.2139/ssrn.2826048. 
  7. „The Pittsburgh Press - Google News Archive Search“. news.google.com. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  8. Washington Post: ""Mondoweiss" is a hate site (Update)" by David Bernstein May 4, 2015
  9. Sunstein, Cass R.. „The Siren of Selfishness“ (en). New York Review of Books (2020-yil 9-aprel). Qaraldi: 2020-yil 19-mart.
  10. „Cass R. Sunstein : Curriculum Vitae“. 2013-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  11. Hundley, Tom. „Ivory Tower of Power“. Chicago Tribune (2009-yil 22-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-yanvar.
  12. „HLS: News: Sunstein to join Harvard Law School faculty“. Law.harvard.edu. Qaraldi: 2012-yil 27-iyul.
Siyosiy idoralar
Oldingisi
Kevin Neyland
Acting
Axborot va tartibga solish masalalari boshqarmasi maʼmuri
2009–2012
Keyingisi