Calvin Klein
Kelvin Richard Klayn (inglizcha: Calvin Richard Klein; 19-noyabr 1942-yil, Bronks, Nyu-York, AQSh) — amerikalik libos dizayner. 1968-yilda Calvin Klein Inc. shaxsiy kompaniyasini tashkil qilgan.
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1942-yil 19-noyabrda Amerika Qo'shma Shtatlarida Nyu-York shaxrining Bronks borosida, tijorotchi yahudiylar oilasida tavallud topgan. 18 yoshida Oliy san'at maktabi bitirgan, so'ngra yana ikki yil Nyu-Yorkning Modalar texnologik institutida o'qigan. 1962-yildan 1968-yilgacha Nyu-Yorkning turli moda uylarida ishlaydi, vaqti-vaqti bilan ko'chada rassomchilik qilgan[1]. 1968-yilda yoshligidagi do'sti Barri Shvarts bilan Nyu-Yorkda avvalida erkaklar ust kiyimi bilan shug'ullanuvchi, keyinchalik ayollar liboslariga o'tib ketgan Calvin Klein, Ltd firmasini tashkil qiladi[2].
Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Calvin Klein tarixi
- ↑ [explore.calvinklein.com sayti]