Cédric Bakambu
Sedrik Bakambu (fransuzcha: Cédric Bakambu; 1991-yil 11-aprelda tugʻilgan, Vitri-syur-Seyn, Fransiya) — kongolik futbolchi, Fransiyaning „Olimpik Marsel“ klubida hujumchi sifatida faoliyat olib boradi.
Cédric Bakambu | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlar | |
Tugʻilgan | 1991-yil 11-aprel (31 yosh) Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya Kongo |
Boʻyi | 183 sm |
Vazni | 74 kg |
Pozitsiyasi | hujumchi |
Klub haqida maʼlumot | |
Klub | Olimpik Marsel |
Raqami | 13 |
Mediafayli na Vikisklade |
Futboldagi faoliyati[1]
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Sosho“
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bakambu 2006-yildan beri „Sosho“ yoshlar jamoasida oʻynab kelmoqda. 2010-yilda u futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Fransiya kubogi finalida ishtirok etdi. U yerda „Sosho“ penaltilar seriyasida Metzga yutqazdi[2]. Avvalroq yarim finalda Bakambu dubl qayd etgan edi[3]. U 2010-yil 7-avgust kuni „Sosho“da „Arles-Avignon“ga qarshi ligada debyut qilgan[4]. Bir oy oʻtgach, u oʻzining birinchi professional shartnomasini 3 yilga, 2013-yil iyunigacha imzolagan[5].
„Bursaspor“
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 1-sentyabrda u Turkiyaning „Bursaspor“ klubiga oʻtgan. 2014-yilning 13-sentyabr kuni yangi jamoasi safida debyut qilgan. „Genclerbirligi“ klubiga qarshi liga uchrashuvida 55-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan[6]. U ilk bor 2014-yil 23-sentyabrda „Beshiktosh“ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan, biroq 69-daqiqada almashtirilgan[7]. 2014-yil 19-oktyabrda „Eskishehirspor“ga qarshi o‘yinda birinchi va ikkinchi gollarni mos ravishda 32 va 53-daqiqalarda raqib darvozasiga kiritgan[8].
„Villareal“
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 19-avgustida u 7,4 million yevro evaziga Ispaniyaning „Villareal“ klubiga o‘tdi. U 2015-yilning 24-avgustida „Real Betis“ga qarshi liga bahsida debyut qildi va 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[9]. 2015-yilning 28-avgust kuni „Espanyol“ga qarshi o‘yinda „Villareal“ safidagi ilk dublini qayd etdi. 2016-yil 7-aprelda u Yevropa ligasida „ Sparta Praga“ darvozasiga ikkita gol kiritdi. Futbolchi oʻz jamoasi bilan 2017-yil 14-iyulda shartnomani 2022-yilgacha uzaytirishini taʼkidlab oʻtdi.
„Pekin Guoan“
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 17-yanvarida Bakambu „Villareal“ bilan shartnomani bekor qilib, shartnomadagi tegishli variantni faollashtirdi [10]. Xitoylik manbaga koʻra, chempionatda xorijlik futbolchilarga soliqni chetlab oʻtish uchun Pekin Guoan uchinchi tomon kompaniyasi xizmatiga murojaat qilgan. U Bakambuga „Villareal“ bilan opsiyadan foydalanishi uchun 40 million yevro ajratdi. Endi hujumchi erkin agent sifatida „Pekin Guoan“ bilan shartnoma imzolashi mumkin boʻladi va klub Xitoy futbol assotsiatsiyasiga xorijlik futbolchilar uchun 34 million yevro soliq toʻlamaydigan boʻldi[11].
Xalqaro martabasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiya yoshlar terma jamoasida faoliyat yuritgan. U „Kamerun“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq 80-daqiqada almashtirilgan[12].
2019-yilning yozida Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida Sedrik oʻz terma jamoasiga chaqirildi . „Zimbabve“ga qarshi uchinchi oʻyinda u ikkita gol urdi va jamoa 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. 1/8 final o‘yinida uning „Madagaskar“ga qarshi o‘yinning 21-daqiqasida urgan goli terma jamoaga o‘yinni qo‘shimcha bo‘limga yo‘llashga yordam berdi, biroq penaltilar seriyasida jamoasi mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi[13].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Bursaspor“
- Turkiya Superkubogi: 2015-yil (finalchi)
„Pekin Guoan“
- Xitoy futbol assotsiatsiyasi kubogi sohibi: 2018-yil
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Socho | 2009/10 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |
2010/11 | 9 | 0 | 2 | 0 | — | 11 | 0 | ||
2011/12 | 21 | 3 | 2 | 0 | — | 23 | 3 | ||
2012/13 | 33 | 8 | 5 | 3 | — | 38 | 11 | ||
2013/14 | 27 | 7 | 4 | 0 | — | 31 | 7 | ||
Bursaspor | 2014/15 | 23 | 13 | 12 | 8 | — | 35 | 21 | |
2015/16 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | ||
Villareal | 2015/16 | 34 | 12 | 3 | 1 | — | 37 | 13 | |
2016/17 | 26 | 11 | 1 | 1 | — | 27 | 12 | ||
Karyerada jami | 173 | 54 | 30 | 13 | 0 | 0 | 203 | 67 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov, obnovleno po sostoyaniyu na 28 avgusta 2022 goda.
- ↑ „Sochaux v. Metz Match Report“ (French). [French Football Federation (2010-yil 1-may). 2010-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-avgust.
- ↑ „Rencontre avec... Cédric Bakambu : "mon objectif, la Ligue 1"“ (French). Top Mercato (2010-yil 13-iyul). 2015-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-avgust.
- ↑ „Sochaux v. Arles-Avignon Match Report“ (French). French Football Federation (2010-yil 7-avgust). 2010-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 7-avgust.
- ↑ „Trois signatures professionnelles“ (French). FC Sochaux-Montbéliard (2010-yil 2-sentyabr). 2010-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Gençlerbirliği vs. Bursaspor — 13 September 2014 — Soccerway“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Bursaspor vs. Beşiktaş — 22 September 2014 — Soccerway“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Bursaspor vs. Eskişehirspor — 19 October 2014 — Soccerway“. 2015-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Real Betis vs. Villarreal — 23 August 2015 — Soccerway“. 2015-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ „Comunicado oficial. Cédric Bakambu deja de ser jugador del Villarreal CF“. 2018-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-yanvar.
- ↑ Storonnyaya kompaniya predostavila 40 mln evro dlya rastorjeniya kontrakta Bakambu s „Vilyarrealom“
- ↑ „Congo DR vs. Cameroon — 9 June 2015 — Soccerway“. 2015-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-avgust.
- ↑ Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.