Byuffon Jorj Lui Leklerk
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
BYUFFON (Buffon) Jorj Lui Leklerk (1707.7.9, Monbar1788.16.4, Parij) - fransuz tabiatshunosi. Fransiya akademiyasining aʼzosi (1753-yildan). 1739-yildan Parij Botanika bogʻining direktori. 36 jildli (1747—88) asosiy ilmiy asari"Tabiat tarixi"da oʻsimlik va hayvonot dunyosining birligi haqida fikr yuritadi. B. organizmlarni faqat sistemaga solibgina qolmasdan, yashab turgan muhit bilan birgalikda oʻrganish kerak, degan xulosa chiqardi. Geol. sohasida yerning rivojlanish tarixi haqidagi nazariyani yaratdi ("Yer nazariyasi" asari nashr etilgan, 1749).
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |