Byerkneslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Byerkneslar (Bjerknes) — ota va oʻgʻil norveg geofiziklari: 1) Vilgelm Friman Koren (1862— 1951) — meteorologiyada frontologik ilmiy maktab asoschisi. Suyuqlik yoki gazda sirkulyatsiyaning tezlashishi toʻgʻrisidagi teorema, siklonlarning toʻlqin nazariyasi muallifi. Obhavoni oldindan aytishning dinamik usullarini ishlab chiqqan. Norvegiyada obhavo xizmatiga asos solgan (1917); 2) Yakob (1897—1975) — atmosfera frontlari haqidagi taʼlimot asoschilaridan biri. Asarlari siklonlar evolyutsiyasiga, ularning atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasidagi ahamiyatiga, okean suvlarining atmosfera jarayonlariga taʼsiri va boshqalarga doyr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil