Buyuruq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuruq (turkcha buyur + uq) — Turk xoqonligi (552—744), Qoraxoniylar davrda bosh vazirlik mansabi. Hukmdor devonida bu lavozimni faqat bir shaxsgina egallab turgan. B. harbiy harakatlarda ham qatnashgan va yirik askariy qismlarga sarkardalik qilgan. Vazir istilohi keng ommalashgani tufayli B. 12-asrdan arxaik soʻzlar qatoridan oʻrin olgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Malov S.Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M.—L., 1951.