Buyuk ipak yoʻli sayyohlik yoʻnalishlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


"Buyuk ipak yoʻli" sayyohlik yoʻnalishlari — Oʻzbekistonda tashkil qilingan asosiy sayyohlik yoʻnalishlari. 1994-yil Toshkent va Samarqandda Jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yoʻli" loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xalqaro yigʻilish boʻlib, unda Oʻzbekiston mazkur qadimiy yoʻnalish markazi deb belgilandi. 1995-yil 2-iyunda UzR Prezidenta "Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi choratadbirlar toʻgʻrisida" farmon qabul qildi. Shu asosda "Oʻzbekturizm" millim kompaniyasi "Ipak yoʻli" oʻtgan tarixiy manzillar boʻylab 200 dan ortiq yoʻnalishlar ishlab chikdi. Ular asosiy.da sayyohlar uchun qulay shartsharoitlar yaratish, ularga namunali xizmat koʻrsatish maksadida yangi shinam mehmonxonalar, kempinglar, motellar, umumiy ovqatlanish va dam olish maskanlari bunyod etilmoqda. Shu sababli bu yoʻnalishlar boʻylab safar qiluvchilar soni yil sayin ortib bormoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil