Buyuk abxaz devori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BUYUK ABXAZ (KELASUR) DEVORI — Abxaziyadagi qad. mudofaa devori (5— 6-asrlar). Suxumi shahridan 4 km jan.roqdan boshlanib, Kelasur daryosining chap qirgʻogʻi orqali Janubiy Abxaziyani uragan holda Inguri daryosining Qora dengizga quyilish yerida tamomlanadi. U 150 yil mobaynida absil qabilalari tomonidan qurilgan; devor ohak bilan qorishilgan harsangtoshlardan qilingan boʻlib, uz. 160 km dan ziyod, balandligi 4 m, har 35–50 m masofada balandligi 8 m keladigan 2000 ga yaqin minora va burjlar bino qilingan. Burj va istehkomlarda kungura va shinaklar boʻlgan. Devor ham togʻ tomondan (shim.dan), ham dengiz tomondan boʻladigan hujumlardan mudofaa etgan. Bir necha marta qayta tiklangan. 14— 15-asrlardanboshlabharbiy ahamiyatini yoʻqotgan. Devorning koʻpgina qismi va vayrona holdagi bir necha yuz burji (minorasi) saqlanib qolgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil