Buynaksk
Qiyofa
Buynaksk (1922-yilgacha Temirxon Shoʻra) — Rossiya Federatsiyasi Dogʻiston Respublikasining markaziy qismidagi shahar. Katta Kavkaz togʻining shimoliy etaklarida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 58,8 ming kishi (1999). Buynakskda oziq-ovqat sanoati korxonalari, koʻn poyabzal kombinati, trikotaj fabrikasi, agregat va shina remonti zavodlari, drama teatri bor. Buynakskda Shimoliy Kavkazdagi eng yirik mayejid va madrasalar joylashgan. 19-asr boshlarida Rossiya Dogʻistonni bosib olgach, Buynakskga 1834-yil qalʼa sifatida asos solgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |