Buxoro qatlamlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxoro qatlamlari (Buxoro shahri nomidan) — oʻrta paleotsen davrida hosil boʻlgan yotqiziqlar. O. S. Vyalov birinchi boʻlib 1934-yil gorizont, 1935-yil yarus sifatida paleogen davri quyi qismiga kiritgan. 1959-yil stratigraflar kengashi qaroriga koʻra Buxoro qatlamlari deb ataldi. Asosan karbonatli (ohaktosh, dolomit mergel) togʻ jinslaridan, baʼzan gipsangidriddan iborat. Sharqiy Oʻzbekiston (Toshkent viloyati, Fargʻona vodiysi) va Janubiy Oʻzbekistonda keng tarqalgan shoʻr suvli sayoz dengiz lagunasida yashagan mollyuskalarning endemik kompleksi asosida paleotsenga kiritilgan. Xalqaro stratigrafik sxemada Buxoro qatlamlari paleotsenning tanet yarusiga (quyi qismi) mansub. Buxoro qatlamlari dagi faunalarni S. H. Mirkamolova, G. N. Kreydenkov, G. H. Soliboyev va boshqa oʻrgangan. Buxoro qatlamlari Sharqiy Ustyurtning qizil taqir gorizonti (quyi qismi) hamda Kavkaz va Qrimdagi kachin yarusi bilan taqqoslanadi. Biostratigrafik sxemada Buxoro gorizonti acarinina tadjikistanensis foraminifera va NP9 nannoplankton zonalarga taalluqli.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil