Buxoro koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Mirobod
Uzunligi 0.7 km
Avvalgi nomlari Jizzax koʻchasi
Pravda vostoka koʻchasi
Kim sharafiga nomlangan Buxoro
Koʻchada joylashgan binolar Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
„Bilayn“ uyali aloqa kompaniyasi
Savdo-sanoat palatasi
Oʻzbekiston Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi
Alisher Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatri

Buxoro koʻchasi — Mirobod tumanida Amir Temur shoxkoʻchasi bilan Buyuk Turon koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 0,7 km.

Koʻcha 1970-yillarda tashkil topgan boʻlib, unga Jizzax nomi berilgan va bu koʻcha Toshkentning Yangʻi shahar qismidagi markaziy koʻchalaridan biri hisoblangan. Koʻchada savdo rastalari, yaqinida Voskresenie bozori (Piyon bozor), „Zinger“ kompaniyasi filiali va boshka idoralar boʻlgan. 1903-yil „Kolizey“ binosi (mustaqillik davrida rekonstruksiya qilingandan keyin Birja markazi joylashgan), 1912-yil „Natsional“ mehmonxonasi (keyinchalik „Sharq“ deb nomlangan, hozirgi saqlanib qolgan qismi rekonstruksiya qilingandan keyin Respublika „Nuroniy“ jamgʻarmasi joylashgan) va boshka binolar qurilgan.

1928-yilda „Pravda Vostoka“ gazetaning 1500-soni chiqishi munosabati koʻchaga „Pravda Vostoka“ nomi qoʻyilgan. 1997-yil 10-oktabrda Buxoro shaharning 2500-yilligi munosabati bilan koʻchaga Buxoro nomi berilgan[1].

Koʻcha yoʻnalishida Toshkent shahar hokimiyatining eski maʼmuriy binosi, „Bilayn“ uyali aloqa kompaniyasi, „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining bosmaxonasi, Savdo-sanoat palatasi, Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Oʻzbekiston Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatri, „Demir“ firmasi, gul va kitob doʻkonlari, kimyoviy tozalash atelesi bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.