Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni
Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni
Rasmiy nomi Workers' Memorial Day
Turi Xalqaro xotirlash kuni
Sana 28-aprel

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni — bayrami har yili 28 aprelda nishonlanadi. Shuningdek, bu ishda halok bo‘lgan yoki jarohatlangan ishchi-xodimlarni xalqaro xotirlash kuni sanaladi .

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni tarixi 1989-yilga borib taqaladi, o‘shanda Qo‘shma Shtatlar va Kanadada kasaba uyushmalari va ishchilar tomonidan ish joyida jarohatlangan yoki halok bo‘lganlarni xotirlash uchun "Halok bo‘lgan ishchilarni xotirlash kuni" o‘tkazilgan. Oradan 10 yil o‘tib, dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida odamlar va mansabdor shaxslar e’tiborini jalb etishga yo‘naltirilgan mehnatni muhofaza qilish bilan bog‘liq turli muammolar bo‘yicha aksiya va tadbirlar o‘tkazilmoqda [1] .

Hozirgi kunda BMMQK (Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni tarixi )nomi bilan ilk marotaba 2003-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan nishonlangan. XMT ushbu kunni rasman belgilash orqali muammoning kattaligiga e’tiborni qaratish maqsadini ko‘zladi. XMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har kuni 5-6 ming kishi ish joyida vafot etadi va bu ko‘rsatkich har yili taxminan 10 foizdan oshadi[2] .

Ushbu qurbonlar ish beruvchining yo‘riqnoma va xavfsizlik qoidalarini qisman yoki to‘liq e’tiborsiz qoldirib, ishlab chiqarish xarajatlarini tejash istagi bilan bog‘liq bo‘lishi doim kuzatiladigan holatdir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]