Butunjahon matbuot erkinligi kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butunjahon matbuot erkinligi kuni
2017-yildagi Butunjahon matbuot erkinligi kuniga bag'ishlangan emblema

Butunjahon matbuot erkinligi kuni – 1994-yilning 3-may kunidan boshlab butun dunyoda nishonlanib kelinmoqda. Bu kunni bayram sifatida nishonlashdan maqsad hokimyat vakillariga ommaviy axborot vositalari, ularning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, OAV xodimlarini turli tajovuslardan himoya qilishdan iborat.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

So’z va matbuot erkinligi to’g’risidagi qarashlar ancha oldin paydo bo’lgan bo’lsada, faqatgina 1948-yildagi Inson huquqlari to’g’risidagi umumjahon deklaratsiyasi da ushbu erkinliklar qonunan belgilab qo’yildi. Hususan, deklaratsiyaning 19-moddasi shunday deyiladi:

Har bir inson fikr va so'z erkinligi huquqiga ega; bu huquq hech qanday aralashuvsiz oʻz e’tiqodiga ega boʻlish, davlat chegaralaridan qat’i nazar, istalgan ommaviy axborot vositalari orqali axborot va gʻoyalarni izlash, olish va tarqatish erkinligini oʻz ichiga oladi.

Keyinchalik 1987-yilda ushbu moddadan ilhomlangan bir guruh faollar, hususan J. Roderick MacArthur, Greg MacArthur, Aryeh Neier va Martin Ennalslar Article 19 xalqaro inson huquqlari tashkilotiga asos solishadi. Bu tashkilotning asosiy vazifasi ham butun dunyo bo'ylab so'z erkinligi va axborot erkinligini himoya qilish va targ'ib qilish hisoblanadi.

1991-yilning 3-mayida UNESCO tomonidan “Erkin, mustaqil va plyuralistik matbuotni rivojlantirish uchun Vindxuk deklaratsiyasi” e'lon qilinadi. 1993-yil 20-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan matbuot erkinligi yuzasidan maxsus rezolyutsiya e'lon qilinayotganda UNESCO tomonidan taklif etilgan 3-may (“Erkin, mustaqil va plyuralistik matbuotni rivojlantirish uchun Vindxuk deklaratsiyasi”qabul qilingan kun) bayram deb e'lon qilindi.

Har yili shu bayram arafasida BMT bosh kotibining OAV xodimlariga tabrigi e’lon qilinadi.

1997-yildan boshlab har yili 3-may sanasida matbuot erkinligiga hissa qo’shgan bir-qancha fidoyilarga UNESCO tomonidan Gillermo Kano Jahon matbuot erkinligi mukofoti beriladi.2022-yilgi YuNESKO/Gillermo Kano mukofot i Belarus Jurnalistlar uyushmasiga topshirildi. Taqdirlash marosimi Urugvayda Butunjahon matbuot erkinligi kuni arafasida boʻlib oʻtdi va internet orqali butun duyoga jonli transilatsiyasi uzatildi.

Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • matbuot erkinligi tamoyillariga sodiqligimizni e'lon qilamiz,
  • dunyoda matbuot erkinligi holatini tahlil qilish;
  • ommaviy axborot vositalarini matbuot erkinligini buzishga urinishlardan himoya qilish choralarini ko'rish;
  • kasb burchini ado etish chogʻida halok boʻlgan jurnalistlar xotirasiga hurmat bajo keltirish.

Asosiy mavzular[tahrir | manbasini tahrirlash]

UNESCO tomonidan jurnalistlarni taqdirlash bilan bir qatorda, dunyodagi o’z sohasining ustalarini bir joyga to’plagan holda sohadagi dolzarb muammolar muhokama qilinadi. Har yili turli mavzularda bo’lib o’tadiga ushbu konfrensiya 2022-yilda  "Raqamli qamal ostidagi jurnalistika" mavzusida bo’lib o’tdi va axborot asrida jurnalistlar oldida turgan masalalar muhokama qilindi

O'zbekistonda OAV xodimlari kuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

O’zbekistonda ham ushbu bayram keng nishonlanadi. Shuningdek mamlakatda bundan tashqari ham milliy matbuot va OAV xodimlari kuni har yili 27-iyunda nishonlanadi. Bu bayram 1994-yildan buyon nishnlanadi va har yili 27-iyun kunida fidoiy soha xodimlari taqdirlanadi. Hususan 2022-yil 27-iyun kuni Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan "Hyyat" mehmonxonasida bo'lib o'tgan bayram tadbirida bir guruh OAV xodimlari va matbuot kotiblari medal va unvonlar bilan taqdirlandi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]