Butkov lolasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butkov lolasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Bir urugʻpallalilar
Turkum: Lola
Oila: Loladoshlar
Binar nomi
Tulipa butkovii

Butkov lolasi (lotincha: Tulipa butkovii) — bir urugʻpallalilar sinfi, loladoshlar oilasi, lola turkumiga mansub ko‘p yillik piyozchali o‘simlik turi. Toshkent viloyati uchun endemik tur. G‘arbiy Tyan-Shan, Ugom, Chatqol, tog‘ tizmasi va Katta Chimyon tog‘i hududida tarqalgan[1].

Sovet botanigi, sitolog va embriolog Zinaida Petrovna Bochanseva tomonidan rasman tavsiflangan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 10-15 sm li past bo‘yli, piyozchali ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. Popuk ildiz tizimiga ega. Piyozchasi tuxumsimon, diametri 1,5-2,5 sm, jigarrang tashqi qobig‘i yupqa, qog‘ozsimon, ichki devorlari ayniqsa tubi sariq rangli tuklar bilan qoplangan. Poyasi bir yoki ikki dona, nozik, tik o‘sadi, yuzasi ko‘kish tusdagi tuklar bilan qoplangan. Barglari uch dona, poyada navbatma navbat joylashgan, bandsiz pastki qismi bilan poyani o‘rab oladi, chiziqsimon nayzasimon shaklda. Gullari yakka poya uchida o‘rnashgan.

Tarqalishi va o‘sish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent viloyati uchun endemik tur. G‘arbiy Tyan-Shan, Ugom, Chatqol tog‘ tizmalari, Katta Chimyon tog‘i hududida uchraydi. Togʻlarning oʻrta va yuqori qismlaridagi toshli, shag‘alli, unumdor tuproqli yerlarda o‘sadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]