Butirometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Butirometr (yun. butyron — yogʻ, moy va...metr) — sutdagi yogʻ miqdorini aniklaydigan asbob. Shkalali silindrsimon shisha idishdan iborat. Asosan, lab. sharoitida ishlatiladi. Sutdagi yogʻ miqdorini aniqlash uchun B.ga pipetkada 10 sm3 sulfat kislota, 11 sm3 sut va 1 sm3 izoamil spirt quyiladi. Idishning ogʻzi rezina tiqin bilan bekitilib chaykatiladi, bunda sutdagi boshqa moddalar erib, faqat yogʻ qoladi, yogʻ miqdori B. shkalasi koʻrsatgan darajaga qarab foizda aniqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil