Butador
Butador — milliy zardoʻzlikag naqsh mujassamotlaridan biri. Uslublashtirilgan buta shaklidagi naqshgul (guldasta)lar bezatiladigan yuza boʻylab bir te kis yoyiladi. Oʻzaro boglanmagan bu guldastalar alohida tuzilishi bilan B.ni belgilaydi. Naqshni asosan oʻsimlik gullari, ayrim hollardagina handasiy shakllar tashkil qiladi. Yeng uchi, kiyim bari va etaklarini oʻrab olgan "qur" — hoshiya bezakni bir mujassamotga birlashtiradi. Butadorning "B.i daraxt", "Butador chilyolak", "Butador tavqnok" va boshqa turlari bor. Butador asosan guldoʻzi, guldoʻzizamindoʻzi, baʼzan birishimdoʻzi usulida tikiladi. Oʻta ifodali hamda hashamdor boʻlgan Butador bezakli buyumlar XIX—XX-asr boshlarida keng tarqalgan. Butador erkak, ayol, bolalar kiyimlari, mayda zardoʻzi buyumlarni bezashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |