Burun (quruqlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burun, tumshuq — quruqlikning okean, dengiz, koʻl akvatoriyasiga yondosh sohillarga nisbatan koʻproq turtib kirgan qismi. Qirgʻoq qanday jinslardan (tosh, qum va boshqalar) tarkib topganligiga qarab, B.lar tik koʻtarilgan, baland (Dejnyov b., Ayiqtogʻ b.), astasekin pasayib boradigan, tekis (Moʻynoq b.) boʻlishi mumkin. B. baʼzan suv ostida ham davom etib, kema qatnovi uchun xavf tugʻdiradi. Tor muyulishi ham B. deyiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil