Kontent qismiga oʻtish

Burtaslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burtaslar — Oʻrta va Quyi Volga boʻyidagi qabilalar uyushmasi (V, XI asrlar). Burtaslarning aynan qaysi qabilalardan tashkil topganligi nomaʼlum. Burtaslar arab jugʻrofiy va tarixiy manbalarida X asrdan, rus solnomalarida esa XIII asrdan tilga olinadi. Ular dehqonchilik, chorvachilik va ovchilik bilan shugʻullanib, VII asrdan Xazar xoqonligi, X asr oxirlaridan Kiyev Rusiga tobe boʻlgan, XI asrda esa Volga bulgʻorlari va boshqa Volgaboʻyi xalqlari tarkibiga singib ketgan. Burtaslar madaniyati misharlar bilan mordva madaniyatining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan deb taxmin qilinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil