Kontent qismiga oʻtish

Bursa Uludağ Universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bursa Uludağ Universiteti
Turi Davlat Universiteti
Asos solingan sanasi 1975-yil 11-aprel
Rektori Prof. Dr. Ferudun Yılmaz
Fakultetlar 15 ta
Talabalari 74155 ta (2023-yil holatiga ko'ra)
Fan doktorlari 279
Professorlari 714
Oʻqituvchilari 548
Joylashuvi
Bursa
,
Turkiya
Veb-sayti www.uludag.edu.tr

Bursa Uludağ Universiteti (BUU) 1975-yilning 11-aprelida Turkiyaning Bursa shahridagi birinchi universitet sifatida tashkil etilgan va “Bursa Universiteti” deb nomlangan. Universitet nomi bir necha marotaba oʻzgargan. Masalan: 1982-yilda “Uludağ Universiteti”, 2018-yilda esa “Bursa Uludağ Universiteti” deb nomlangan[1]. Bugungi kunda universitet 15 ta fakultet, 2 ta kollej, 15 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta konsevatoriya, 4 ta institut va 27 ta ilmiy markazni oʻz ichiga oladi.

1960-yilda Bursada uyushgan sanoat zonasininng tashkil etilishi bilan shaharda sanoat va aholining oʻsishi kuzatildi. Bursaga kelgan ziyolilar va ishbilarmonlar shaharda universitet tashkil etish haqida oʻylay boshlagan. Shundan soʻng 1969-yili “Bursada universitet tashkil etish uyushmasiʼ’ni tuzishdi va dastlab tibbiyot fakultetini tashkil etishga qaror qilishdi.

Bursa Uludağ Universitetidagi Festeval

Shu tariqa 1970-yili Istanbul UniversitetiningBursa tibbiyot fakulteti’’ tashkil etildi va u oʻz faoliyatini 50 ta talaba bilan boshladi[2].

Universitet tashkil etish uchun kamida 2 ta fakultet mavjud boʻlishi talab qilinar edi. Bu talab 1974-yilda “Bursa Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti”ning tashkil etilishi bilan bajarildi. 1975-yilning 11-aprelida 1873-qonun asosida Bursa universiteti tashkil etilgan[3].

Universitet “Bursa Universiteti” nomi ostida 2 ta fakultet, 20 nafar professor-oʻqituvchi va 250 nafar talaba bilan faoliyat boshlagan. Universitet rektori etib O‘mer Fethi Tezok saylangan[4][5].

Talabalar va ilmiy xodimlar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-2023-oʻquv yilida universitetda jami 74155 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 63699 nafari aspirant va bakalavriat, 2301 nafari doktorant, 5506 nafari magistratura va 2649 nafari tibbiyot mutaxassisligida tahsil olmoqda[6].

2022-2023-oʻquv yili holatiga koʻra universitetda jami 2479 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda[7].

Akademik birliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institutlar

  • Ijtimoiy fanlar instituti
  • Bursa Uludağ Universiteti
    Fan va texnologiya instituti
  • Sogʻliqni saqlash fanlari instituti
  • Taʼlim fanlari instituti

Fakultetlar

  • Tibbiyot fakulteti
  • Iqtisodiyot va ma'muriy fanlar fakulteti
  • Muhandislik fakulteti
  • Veterinariya fakulteti
  • Taʼlim fakulteti
  • Ilohiyot fakulteti
  • Sanʼat va fanlar fakulteti
  • Qishloq xoʻjaligi fakulteti
  • Huquq fakulteti
  • Tasviriy sanʼat fakulteti
  • Inegöl biznes boshqaruvi fakulteti
  • Sport fanlari fakulteti
  • Arxitektura fakulteti
  • Sogʻliqni saqlash fanlari fakulteti
  • Stomatologiya fakulteti

Rasmiy sayt

  1. „Uludağ Üniversitesi İsim Değişikliği“. 11-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  2. „Necati Akgün, Anılar ve Üniversitemiz, Uludağ Üniversitesi Dergisi, Sayı 11, Ekim 2003. 4-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2011-yil.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 11-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2019-yil.
  4. Uludağ Üniversitesi Dergisi, Sayı 12, Ocak 2004“. 2010-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.
  5. Uludağ Üniversitesi Dergisi, Sayı 12, Ocak 2004“. 4-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2011-yil.
  6. „Öğrenci Sayıları“. 15-aprel 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2023-yil.
  7. „Faaliyet Raporları“. Strateji Geliştirme Daire Başkanlığı. 18-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel 2023-yil.