Burmalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burmalash, gofrirlash (frans. gaufrer — burma shakl berish) — 1) taxta (list) materiallarning biqoligini (mustahkamligini) oshirish maqsadida ularni toʻlqinsimon va shakldor qilib yasash. Burmalar yarim doiraviy, trapesiya, uchburchak shaklida hamda murakkabroq shakllarda boʻlishi mumkin. B. presslarda yoki shakddor joʻvalar (valiklar)da amalga oshiriladi. Burmalangan materiallar va buyumlar mashinasozlik, qurilish va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi, mas, asbestsementdan shifer tayyorlanadi; samolyotsozlikda burmalangan taxta duralyuminiydan samolyot qanoti tayyorlanadi; burmalangan kartondan mahsulot tashiladigan idishlar yasaladi; shunday karton qurilishda issiqlikni saqlovchi material sifatida ham ishlatiladi; 2) tikuvchilikda kiyimlar (yubkalar, koʻylaklar)da burmalar (taxlamlar) hosil qilib tikish.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil