Burj Dubay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burj Dubay(arab.: برج دبي‎ „Dubay minorasi“) — Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qurilgan osmonoʻpar bino. Bino dunyodagi eng baland qoʻlda qurilgan inshoot degan nomni oldi. Burj Dubayning balandligi (antennani hisobga olganda 828 metr) 624 metr yaʼni 163 qavatdan iborat. Uning qurilishi 2004-yil 21-sentyabr kuni boshlangan boʻlib, 2010-yil 4-yanvarda rasman ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu loyhaning arxitektorlari Skidmore, Owings va Merrill. Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al Maktum bino nomini oʻzgartirib, Burj Xalifa deb atagan[1].

Bino loyihalashtirilishi[tahrir]

Loyihalashtirilish boshida „Burj Dubay“ binosini „shahar ichida shahar“ kabi qurish rejalashtirilgan — oʻzining bogʻlari, sayrgohlari va parklari bilan. Qurilish bahosining umumiy hajmi - $ 1,5 mlrd. Loyiha egasi — amerikalik arxitektor Endrian Smit, osmonoʻpar binolar qurishda tajribali mutahasis (hususan, u Xitoydagi balandligi 420 metr boʻlgan „Szin Mao“ osmonoʻpar binosini loyihalashtirishda ishtirok etgan). Qurilishga bosh javobgar sifatiga Janibiy Koreaning Samsung kompaniyasi tanlangan boʻlib, avval Kuala-Lumpurdagi Petronas osmonoʻpar egizak-binolarni qurilishida ishtirok etgan.

Manbalar[tahrir]