Burgʻilash minorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burgʻilash minorasi — burgʻi kudugi ustiga oʻrnatiladigan koʻtarish inshooti. Burgʻilash asbobi, zaboy dvigatellari, quduq devorini mustahkamlash quvurlarini tushirish va koʻtarish uchun moʻljallanadi. Koʻpincha metall konstruksiyali boʻladi. Burgʻilash minorasi, odatda, polistpast va tushirishkoʻtarish operatsiyalarini mexanizatsiyalash vositalari hamda burgʻilash quvurlari joylashtiriladigan kasseta bilan jihozlanadi. Burgʻilash minorasi ning balandligi quduqning loyihada koʻrsatiladigan chuqurligiga qarab 9 m dan 58 m gacha boʻladi. Burgʻilash minorasi 3—4 qirrali yoki kesik piramida koʻrinishida, shuningdek A simon shaklda quriladi. Minora traktorlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga suriladi yoki alohida uzellarga ajratilib, yangi joyda qayta yigʻiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Burgʻilash minorasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil