Burgʻilash karetkasi
Qiyofa
Burgʻilash karetkasi — yer osti konlarida shpur va quduklar burgʻilashda ishlatiladigan koʻchma qurilma. Aylanma burgʻilash, aylanmazarbiy burgilash, zarbiyburilma burgilash, gorizontal va vertikal burgilash qurilmalariga; Harakatlanishiga koʻra pnevmatik, gʻil.diraklirelyeda harakatlanadigan yoki gusenitsali va oʻziyurar xillarga boʻlinadi. Burgʻilash karetkasi konlarni ochib borishda va tozalash zaboylarida (kameralardagi rudalarni uzatishda) ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |