Burgʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Burgʻi — burgʻilashda ishlatiladigan qurol. Ish organi togʻ jinslarini bevosita yemiruvchi (kesuvchi) keskich yoki koronka. B. 6 qirrali yoki dumaloq, yaxlit yoki ichi kovak, uchiga tomon ingichkalashib boruvchi sterjendan iborat. Togʻ jinslarini portlatishda portlovchi moddalarni joylash uchun chuqurcha va kovak (shpur)lar oʻyishda, quduqlarni burgʻilashda ishlatiladigan xillari boʻladi. Togʻ jinsining qattiqyumshoqligi, strukturasi va boshqa fizik xossalariga qarab har xil burgʻilash koronkalari ishlatiladi (qarang Burgʻilash jihozlari).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Burgʻi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil