Burgʻi
Qiyofa
(Burg'idan yoʻnaltirildi)
Burgʻi — burgʻilashda ishlatiladigan qurol. Ish organi togʻ jinslarini bevosita yemiruvchi (kesuvchi) keskich yoki koronka. Burgʻi 6 qirrali yoki dumaloq, yaxlit yoki ichi kovak, uchiga tomon ingichkalashib boruvchi sterjendan iborat. Togʻ jinslarini portlatishda portlovchi moddalarni joylash uchun chuqurcha va kovak (shpur)lar oʻyishda, quduqlarni burgʻilashda ishlatiladigan xillari boʻladi. Togʻ jinsining qattiq yumshoqligi, strukturasi va boshqa fizik xossalariga qarab har xil burgʻilash koronkalari ishlatiladi (qarang Burgʻilash jihozlari)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |